O‘zbekistonda "Gazprombank" vakolatxonasi ochiladi

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Mediabankka o‘tishPeterburgskiy mejdunarodniy gazoviy forum - 2021
Peterburgskiy mejdunarodniy gazoviy forum - 2021 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda "Gazprombank" vakolatxonasi akkreditatsiyadan o‘tdi. Bu bankning xorijiy davlatdagi beshinchi vakolatxonasi bo‘ladi.
TOShKENT, 24 yanv - Sputnik. O‘zbekistonda “Gazprombank” AJ vakolatxonasi akkreditatsiya qilindi, deb xabar qildi Markaziy bank.
Vakolatxona tashkil etishdan asosiy maqsadlar quyidagilar:
O‘zbekistonning davlat organlari, moliya-kredit tashkilotlari, ta’lim muassasalari va xo‘jalik yurituvchi subyektlari bilan aloqalarni o‘rnatish, va rivojlantirish;
“Gazprombank” bankning O‘zbekistonda xalqaro biznesini rivojlantirishga ko‘maklashish,
“Gazprombank” tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tashabbus va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
"Gazprombank" Aksiyadorlik jamiyati – Rossiyaning eng yirik banklaridan birdir. Xususiy kapitali miqdori bo‘yicha bank Markaziy va Sharqiy Yevropadagi eng yirik banklar uchligiga kiradi.
"Gazprombank" jismoniy va yuridik shaxslar uchun keng ko‘lamli moliyaviy, investitsion xizmatlar ko‘rsatadi. Bank Rossiya iqtisodiyotning eng muhim sektorlari - gaz, neft, atom, kimyo, qora va rangli metallurgiya sohalariga xizmat ko‘rsatadi.
Bugungi kunda "Gazprombank" 5 millionga yaqin jismoniy va 61,4 ming yuridik shaxslardan iborat mijozlarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Undan tashqari "Gazprombank" Belarus, Shveysariya, Lyuksemburg, Gonkong, Mongoliya va Hindistonda joylashgan banklar kapitallarida ishtirok etib kelmoqda.
"Gazprombank"ning Rossiyada 20ta filiali bo‘lib ular Saxalindan Kaliningradgacha joylashgan. Bankning xorijiy vakolatxonalari Nur-Sulton, Pekin, Ulan-Bator, Nyu-Deli shaharlarida ochilgan.
Yangiliklar lentasi
0