https://oz.sputniknews.uz/20220124/fargona-shahri-va-bagdod-tumaniga-yangi-hokim-tayinlandi-22355641.html
Farg‘ona shahri va Bag‘dod tumaniga yangi hokim tayinlandi
Farg‘ona shahri va Bag‘dod tumaniga yangi hokim tayinlandi
Sputnik O‘zbekiston
Yusufjon Husainov Bag‘dod tumani hokimi etib tayinlandi. Vosiljon Nazarov esa Farg‘ona shahar hokimi lavozimiga tayinlandi.
2022-01-24T19:36+0500
2022-01-24T19:36+0500
2022-01-24T19:36+0500
siyosat
hokim o‘zgarishi
farg‘ona viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/1f/21173682_36:0:1766:973_1920x0_80_0_0_202096c91c2efacf29f8a5484603d150.jpg
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. 24-yanvar kuni Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.Yig‘ilishda Vosiljon Nazarov nomzodi Farg‘ona shahar hokimi lavozimiga ma’qullandi.Vosiljon Nazarov 1984-yil Buvayda tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2006-yildan moliya tizimida mehnat qilib kelgan, 2019−2021 yillarda viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan. 2021-yildan buyon esa Bag‘dod tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.Yunusobod tumani hokimi o‘zgardiShu kuni xalq deputatlari Bag‘dod tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Yusufjon Husainovning nomzodi Bag‘dod tumani hokimligiga tavsiya etildi.Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Yusufjon Husainov nomzodi Bag‘dod tuman kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi va u tuman hokimi etib tasdiqlandi.Husainov 1983-yilda Toshloq tumanida tug‘ilgan. 2004-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2005-yildan iqtisodiyot tizimida mehnat qilib keladi. 2020-yildan buyon viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgandi.
farg‘ona viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/1f/21173682_252:0:1549:973_1920x0_80_0_0_353381cc1b550ae5443dd50838c7a773.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
farg‘ona shahri hokimi bag‘dod tumani hokimi yusufjon husainov vosiljon nazarov
farg‘ona shahri hokimi bag‘dod tumani hokimi yusufjon husainov vosiljon nazarov
Farg‘ona shahri va Bag‘dod tumaniga yangi hokim tayinlandi
Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumani va Farg‘ona shahri hokimlari o‘zgardi.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. 24 yanvar kuni Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Yig‘ilishda Vosiljon Nazarov nomzodi Farg‘ona shahar hokimi lavozimiga ma’qullandi.
Vosiljon Nazarov 1984-yil Buvayda tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2006-yildan moliya tizimida mehnat qilib kelgan, 2019−2021 yillarda viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan. 2021-yildan buyon esa Bag‘dod tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Shu kuni xalq deputatlari Bag‘dod tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Yusufjon Husainovning nomzodi Bag‘dod tumani hokimligiga tavsiya etildi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Yusufjon Husainov nomzodi Bag‘dod tuman kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi va u tuman hokimi etib
tasdiqlandi.Husainov 1983-yilda Toshloq tumanida tug‘ilgan. 2004-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2005-yildan iqtisodiyot tizimida mehnat qilib keladi. 2020-yildan buyon viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgandi.