Chilonzordagi omborxona yonib ketdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishPojar na sklade, arxivnoe foto
Pojar na sklade, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2022
Obuna bo‘lish
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, omborxonaning taxminan 250 kv.m maydonida tomi, shifti va ichki qismida saqlanayotgan mahsulotlari yonib zararlangan.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) matbuot xizmati xabar bermoqda.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in haqidagi xabar 24-yanvar kuni soat 09:58 da tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.
10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 10:04 da yetib borib, yong‘in soat 10:57 da qurshab olingan. Hozir yong‘inni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Toshkentdagi omborxonada yong‘in yuz berdi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, omborxonaning taxminan 250 kv.m maydonida tomi, shifti va ichki qismida saqlanayotgan mahsulotlari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0