Armaniston nima sababdan atom energetikasiga qaytdi?

© Sputnik / R. MangasaranARmanskaya AES
ARmanskaya AES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2022
Obuna bo‘lish
Bir vaqtlar atom energetikasiga qarshi namoyishlar tufayli Armaniston AESni yopgan edi. Oradan bir necha yil o‘tib Armaniston uni qayta ochdi, bugun esa, Armaniston yangi turdagi AESlar haqida o‘ylamoqda.
TOShKENT, 24 yanv – Sputnik. Yaqinda "Rosatom Oversiz" va Armaniston orasida bir necha kichik quvvatli AES qurish to‘g‘risida bitim imzolandi. Ana shunday AES ishga tushsa bu Armanistondagi ikkinchi atom elektr stansiyasi bo‘ladi.

Armaniston atom eneregetikasi tarixi

1960 yillar oxirida Armaniston SSRda industrializatsiya juda ildam olib borilayotgan edi. Ana shunday vaqtda elektr energiyasi yetishmasligi odatiy hol bo‘lsa kerak. SSSRning eng yuqori doiralarida tabiiy uslubda elektr energiya ishlab chiqish imkoniyatlari cheklangan respublikada atom elektr stansiyasi qurish masalasi jiddiy muhokama qilindi. Tabiiy gaz va ko‘mirdan elektr energiyasi olish g‘oyasi ko‘plab muhokamalardan so‘ng samarasiz deb topildi va 1967-yil oxirida SSSR Ministrlar kengashi Armanistonda ikkita VVIR-440 energiya blokiga ega bo‘lgan AES qurish loyihasini tasdiqladi.
© Sputnik / M.ShaxbazanStroitelstvo Armanskoy atomnoy elektrostansii.
Stroitelstvo Armanskoy atomnoy elektrostansii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2022
Stroitelstvo Armanskoy atomnoy elektrostansii.
Armaniston hududi seysmik xavfli bo‘lgani uchun, Metsamor shaharchasida qurilishi rejalashtirilgan AES xavfsizligini ta’minlash ustida "Uralmash", "Ijorskie zavodi", "ZIO-Podolsk" kabi SSSRning eng kuchli muhandislik muassasalari ishlashdi. Ularga echa Kurchatov nomidagi atom energetikasi instituti rahbarlik qilardi.
Oradan salkam 10-yil o‘tib, 1976-yilda Metsamor shaharchasida qurilgan AESning birinchi energiya bloki ishga tushirildi. Ikkkinchi energiya bloki 1980-yilda ishga tushirildi.
Qurilish tashkilotlari AES hatto 9,5 ballik zilzilaga dosh berishini ta’kidlashardi. Ushbu maqsadda AES binolari ostida, masalan, “yer gidroamortizatorlari” barpo etilgan.

Dahshatli Spitak yer qimirlashi

1988 yilda Armanistonning Spitak va Leninkan shaharlarida dahshatli yer qimirlashi bo‘ldi. Kuchi 10 ball (leninakanda 7,2 ball) bo‘lgan zilzila shaharni yer yuzidan yo‘q qildi, 20 mingga yaqin kishi qurbon bo‘ldi.
Spitakdan 77 km masofada joylashgan Metsamorda ham seysmik stansiyalar 6,2 balli zilzila qayd etishdi. O‘sha vaqtlarda Chernobil fojeasi (1986) hali odamlarning yodidan chiqmagan edi. Shu sababli Metsamor AESi xodimlari orasida ham kuchli vahima yuz berdi, ko‘pchillik ish joyini tashlab qochib ketdi.
© Sputnik / Ruben MangasaranMiting v Yerevane za zakritie Metsamorskoy atomnoy elektrostansii
Miting v Yerevane za zakritie Metsamorskoy atomnoy elektrostansii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2022
Miting v Yerevane za zakritie Metsamorskoy atomnoy elektrostansii
Armaniston AESiga yer qimirlashi oqibatida hech qanday shikast yetgani aniqlanmadi va stansiya to‘liq ishga yaroqli ekani aniqlandi. Lekin shunga qaramasdan jamoatchilik bosimi ostida SSSR Ministrlar Kengashi AESni yopishga qaror qiladi. AESning ikkala energobloki ham to‘xtatiladi.
Undan so‘ng qop-qorong‘u, alg‘ov-dalg‘ovli 90-yillar keldi, Armaniston mutlaq energiya taqchilligiga duch keldi. Bazan aholiga bir sutkada 1 soat davomida svet berilar edi. Boshqa energiya manbaalariga ega bo‘lmagan Yerevan Metsamor AESini qayta ishga tushirishga qaror qiladi.
AESga tashrif buyurgan mutaxassislar, kutilmaganda, AESning birinchi energoblok kesib parchalanib metallomga topshirib yuborilgani aniqlanadi. Uni qayta tiklashning iloji bo‘lmaydi. Umuman buni 90-yillar uchun odatiy holat deyish mumkin.
© Sputnik / Ruben Mangasaran Miting za zakritie Metsamorskoy atomnoy elektrostansii v Yerevane.
 Miting za zakritie Metsamorskoy atomnoy elektrostansii v Yerevane. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2022
Miting za zakritie Metsamorskoy atomnoy elektrostansii v Yerevane.
Lekin ikkinchi energoblok MAGATE tekshiruvidan muvaffaqiyatli o‘tadi va 6,5 yillik pauzadan so‘ng hali ham xavfsiz va ishga yaroqli ekanini namoyish qiladi. 1995-yilda Ikkinchi blokning yagona VVER-440 qurilmasi ishga tushiriladi. Qurilmaning umumiy quvvati 92 %gacha kamaytiriladi, lekin shunga qaramasdan u Armaniston elektr energiyasi ehtiyojining 40 %ini qoplaydi. Ushbu vaziyat bugungi kunga qadar saqlanib qolmoqda.

G‘arb qarshi, chunki "AES - Rossiya ta’sirini kuchaytiradi”

Kollektiv G‘arb esa, ushbu AESni nima qilib bo‘lsa ham to‘xtatish va yo‘q qilish payiga tushgan. O‘tgan 30-yil davomida ular bu yo‘nalishda o‘z urinishlarini to‘xtatgani yo‘q. G‘arb OAVlarida Armaniston AESi har doim “eski va xavfli sovet texnologiyasi” deb ataladi. Metsamor — aholi u yerdan qochishni o‘ylaydigan kichkina depressiv shaharcha deyiladi.
2019 yilda NATO va Armaniston delegatsiyasi uchrashuvida ham, kun tartibida turgan birinchi masala – Armanistondagi yagona AESni yopish bo‘lgan edi. O‘shanda buning sababi ham ochiq aytilgan - hududda Rossiya ta’sirini kamaytirish.
© Sputnik / R. MangasaranArmanskaya AES
Armanskaya AES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2022
Armanskaya AES
2020 yilda sodir bo‘lgan Armaniston – Ozarbayjon mojarosida ham Tog‘li Qorabog‘da mojaro kuchaygan taqdirda Ozarbayjon Armanistonning muhim infratuzilma obyektlariga, jumladan Metsamor AESiga zarba berish bilan po‘pisa qilgan edi.

Bugungi kun

2022 yilda Armaniston yana energetika inqirozi his qilmoqda. Yaqinda “Rosatom” Metsamor AESning “umrini” 2026-yilga qadar uzaytirib berdi. 1970-yillarda qurilgan VVER-440 – bir umrlik emasligini hamma tushunadi va Armaniston ham kutilmaganda o‘zining asosiy energiya manbaidan mahrum bo‘lib qolishni istamaydi.
Shu sababli Rossiya bilan yangi kichik quvvatli AESlar qurish borasida muzokaralar olib borildi va ularning birinchi bisqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Yangi kichik quvvatli AESlarda elektr quvvati 55 megavatt va issiqlik quvvati 175 megavatt bo‘lgan RITM-200N kichik reaktorlardan foydalanishga qaror qilingan. Bunday reaktorlar uran dioksidi va suv yordamida ishlaydi. Dastlab RITM-200N “Arktika” va “Sibir” turkumidagi muzorar kemalar hamda “Akademik Lomonosov” nomli suzuvchi AESlarda foydalanish uchun ishlab chiqilgan edi.
RITM-200N, "N - nazemniy", ya’ni yerda quriladigan - bunday qurilmani tanlash Armaniston tomonidan kichik AESni sinab ko‘rish imkonini beradi. Ikkinchidan kichik reaktorlar seysmik va ekologik jihatdan xavfsizroq hisoblanadi. Uchinchidan ularni juda qisqa vaqt ichida ishga tushirish mumkin. Va to‘rtinchidan, ularni keyinchalik bir biriga qo‘shib quvvatini oshirish mumkin. Beshinchidan esa – RITM odatiy AESga qaraganda sezilarli darajada arzonga tushadi.
© Press-slujboy OOO "Baltiyskiy zavod-Sudostroyenie"Parogeneratorniy blok atomnogo reaktora RITM-200. Ledokol "Arktika"
Parogeneratorniy blok atomnogo reaktora RITM-200. Ledokol Arktika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2022
Parogeneratorniy blok atomnogo reaktora RITM-200. Ledokol "Arktika"
Shartnoma muvaffaqiyatli amalga oshirilgan taqdirda Armaniston besh yildan so‘ng yangi kichik AESlarni ishga tushiradi va eskirgan AESini bosqichma-bosqich ekspluatatsiyadan chiqaradi.

Yangi global imkoniyatlar

Armaniston Rossiya bilan umumiy chegaraga ega bo‘lmasa-da, jug‘rofiy nuqtayi nazardan muhim joyda joylashgan. Rossiya bir necha yildan buyon Yaqin Sharqqa “energetik ko‘prik” qurish masalasi ko‘tarilmoqda. U tomonda sanksiyalar ostida bo‘lgan Eron bir necha yillardan buyon kuchli energetik ehtiyoj his qilmoqda. Tehron har yili kamida 12 gigavat energiya import qiladi. Rossiya – Gruziya – Armaniston – Eron orqali o‘tgan “energiya ko‘prigi” budjetga mo‘maygina daromad keltirishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0