O‘zbekiston aholini arzon elektr energiyasi bilan qanday ta’minlashi mumkin – ekspert

Obuna bo‘lish
Bugungi kunda O‘zbekistonning asosiy vazifalaridan biri - aholining elektr energiyasiga bo‘lgan talabini qondirish. Energetika sohasidagi mutaxassis Vacheslav Kulagin buni qanday amalga oshirish mumkinligi haqida o‘z fikrlarini aytdi.
2028 yilgacha O‘zbekiston atom elektr stansiyasi (AES) qurilishini yakunlashni rejalashtirmoqda. Hozir respublika gidro va issiqlik elektr stansiyalarini qurish va modernizatsiya qilish ishlarini amalga oshirmoqda.
Respublikada elektr energiyasi bilan bog‘liq vaziyatni Jahon va Rossiya energetika kompleksi tadqiqot bo‘limi (INEI RAN) boshlig‘i, Energetika tadqiqotlari instituti Energetika tadqiqotlari markazi direktori (IPSiREM NIU VShE) Vacheslav Kulagin baholadi.
O‘zbekistonning energetika muammosi qanday? Atom elektr stansiyalari qurilishini tezlashtirish mumkinmi? Nima uchun Rossiya respublikaning energetika loyihalarida ishtirok etmoqda?

Ko‘proq quvvat kerak

Vacheslav Kulaginning fikriga ko‘ra, issiqlik elektr stansiyalarini yangilash o‘z vaqtida amalga oshirilmoqda. Respublikada elektr energiyasiga talab ortib bormoqda, mavjud quvvatlar yetarli emas.
O‘zbekiston Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2030-yilga borib mamlakatda elektr energiyasi iste’’moli 121 milliard kVt/soatgacha o‘sishi mumkin, bu 2019-yilning shu ko‘rsatkichiga nisbatan qariyb 2 baravarga oshadi.
Mamlakatning butun energetika tizimini uyg‘unlashtirish zarur. Har bir energiya manbai (GES, IES, AES) o‘z joyini egallashi kerak.
Bu qiyin vazifa, uni hal qilish kerak. Mamlakatda qo‘shimcha elektr energiyasi ishlab chiqarilsa, bu aholiga AES ishga tushishini kutish imkonini beradi.

AES

Ekspertning qayd etishicha, AES O‘zbekiston energetika balansiga “qo‘shimcha atom” qo‘shadi. Mazkur stansiyaning ishga tushirilishi elektr energiyasi ishlab chiqarishni 18 mlrd kVt/soatga oshirish imkonini beradi.
Vacheslav Kulagin atom elektr stansiyasi - o‘nlab yillar davom quriladi juda jiddiy obyekt, deb ta’kidladi. Bu shoshilish kerak bo‘lmagan holat.
Blok AES — eto ne to, chto mojno otshtampovat. Eto unikalniy texnologicheskiy obyekt, ochered na proizvodstvo kotorogo dovolno seryeznaya. Nado popast v grafik predpriyatiy, kotorie dannoe oborudovanie delayut.

Nega “svet” yo‘q

Mutaxassisning fikricha, elektr energiyasidagi uzilishlar turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi. Bu ishlab chiqarish quvvatlarining yetishmasligi, elektr tarmoqlari va podstansiyalar bilan bog‘liq muammolar. Bu yerda respublika elektr taminoti tizimi va uning jihozlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha alohida katta ishlarni amalga oshirishi zarur.
Ko‘p qavatli uylarni bitta energiya iste’moli uchun sozlash mumkin. Odamlar elektr choynaklardan, mikroto‘lqinli pechlardan foydalanadilar, bu tarmoqlarning kuchi etishmaydi. Bundan elektr uzilishlari yuz beradi.
Vacheslav Kulagin mamlakat energetika tizimi ko‘p bosqichli tizim ekanligini tushuntiradi. Bu energiya ishlab chiqarishdan boshlanadi va elektr energiyasini oxirgi iste’molchiga yetkazib berish bilan yakunlanadi.
Savollarga javoblar – ekspert bilan suhbatning to‘liq versiyasi Sputnik O‘zbekiston YouTube kanalida >>
Yangiliklar lentasi
0