https://oz.sputniknews.uz/20220121/rossiya-nima-sababdan-aqsh-qimmatli-qogozlarini-sotib-yubordi-22322256.html
Rossiya nima sababdan AQSh qimmatli qog‘ozlarini sotib yubordi
Rossiya nima sababdan AQSh qimmatli qog‘ozlarini sotib yubordi
Sputnik O‘zbekiston
"Oltin valyuta zahiralarini raqib tomon nazorati ostidabo‘lgan valyutada saqlash – aqlli fikr emas"
2022-01-21T18:12+0500
2022-01-21T18:12+0500
2023-04-05T18:35+0500
kolumnistlar
aqsh
oltin-valyuta zaxiralari
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/04/15936506_0:53:3451:1994_1920x0_80_0_0_8cc1ecb128c2278dee19721f70c2859f.jpg
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Rossiya Markaziy banki AQSh davlat obligatsiyalari miqdorini keskin kamaytirdi. Moskva 2014-yildan buyon bosqichma-bosqich AQSh qimmatli qog‘ozlaridan voz kechib kelmoqda. Har safar sanksiyalar bilan po‘pisa qilinganda bu jarayon tezlashadi xolos. Ayni damda Rossiyaning xalqaro qimmatli qog‘ozlarda saqlanayotgan sarmoyasi umumiy oltin-valyuta zahiralarining 1%idan ham kam. Rossiya nima sababdan Amerika qimmatli qog‘ozlarini sotib yubordi va olingan mablag‘lar qayerga yo‘naltirildi?Juda oz qoldiAQSh Moliya vazirligi Rossiya noyabr oyida Amerika qimmatli qog‘ozlariga kiritgan sarmoyalarini 2,4 milliard dollargacha qisqartirganini ma’lum qildi. Ushbu ko‘rsatgich oktabr oyida 3,72 mlrd., sentabrda— 3,91 mlrd. dollarga teng edi.2010 – 2013-yillarda Rossiyaning amerika davlat qarziga kiritgan sarmoyasi 140 milliard dollardan ortiq edi. Lekin 2014-yilning aprel oyida Vashington Rossiyaga qarshi sanksiyalar e’lon qilganidan so‘ng, Moskva ushbu qog‘ozlardan voz kecha boshladi. 2018- yilda Markaziy bank AQSh davlat qog‘ozlarini katta miqdorda va arzon narxlarda sotib yubordi. Shundan so‘ng Rossiya bankida faqat 13,2 mlrd dollarlik qimmatli qog‘ozlar qolgan edi.Qimmatli qog‘ozlarning muzvozatnatli portfeliRossiya xalqaro valta rezervlari ba’zan ko‘payib, ba’zan kamayib turadi, lekin yil sayin ularning miqdori kamayib bormoqda. Bugungi kunda Rossiya OVZlarida AQSh qimmatli qog‘ozlar ulushi 1%dan kam qolgan. Ularning sotish evaziga olingan mablag‘larga oltin, yevro yoki yuan sotib olinmoqda. Bu Rossiya uzoq vaqtdan beri o‘tkazib kelayotgan moliya siyosatining natijasidir. Oktabr oyidan boshlab moliya vazirligi qimmatli qog‘ozlarini sotishni davom ettirdi va dollarda saqlanayotgan aktivlar miqdori tarixiy eng past darajaga tushib qoldi, deydi "Dji El ES Invest" kmpaniyasining boshqaruvchi hamkori Eduard Bugrov.Buning uchun bir necha faktlar xizmat qiladi. Birinchidan, iqtisodni dollardan xaols qilish (dedollarizatsiya). Natijada Rossiya iqtisodining Amerika valyutasiga bog‘liqligi kamayadi. Ikkinchidan - xalqaro rezervlar turli valyutalarda bo‘lgani yaxshi.“Qayta balanslash – har qanday portfel uchun mutlaq normal jarayon. Har qanday yangi investordan butun boshli davlatgacha o‘z portfelini qayta muvozanatlab olishga haqli”, - deydi Mixail Kogan “Oliy Moliya maktabi” moliya bo‘limi boshlig‘i. Uning so‘zlariga ko‘ra, dekabr oyida ham Rossiya qimmatli qog‘ozlarni sotgan.Xatarlarni hisobga olishRezervlar tashkil qilish – bu faqat bozor talabi emas. Ularni diversifikatsiya qilish (yevro, yuan, frank, ikkinchi eshelon valyutalari) – moliyaviy tizimning tashqi bosimga nisbatan ishonchliligini oshiradi. Ya’ni AQSh qarzlaridan xalos bo‘lar ekan Rossiya o‘ziga nisbatan sanksiyaviy va geosiyosiy bosimlarni kamaytiradi.Bugun ikki davlat munosabatlari yana keskinlashgani aniq. Moskva ham Vashington ham bir-biriga nisbatan ulkan cheklovlar kiritmoqda. Rossiyani goh SWIFTdan uzib qo‘yishmoqchi bo‘lishadi, goh banklariga nisbatan sanksiyalari kiritilishini e’lon qilishadi. Ba’zida undan yomonroq tahdidlar ham eshitiladi.Samarali yondashuvRossiya OVZlarida dollar miqdori keskin kamaygan bo‘lsa-da, bu unining barchasin sotib yuborish kerak degani emas. Trejeris — bu yuqori likvidlikka ega bo‘lgan aktiv. Ularni tez va katta hajmda sotish yoki boshqa valyutalariga almashtirish mumkin. Ustiga ustak bu o‘z majburiyatlarini bajarish uchun juda qulay vositadir. Maslan boshqa valyuta bitimlari bo‘yicha.Undan tashqari xalqaro savdoning aksariyati hozir ham amerika valyutasida olib borilmoqda. Aynan dollar asosiy tovar va moliya oqimlariga xizmat ko‘rsatmoqda.Rossiyaning tizimli risklardan qochishi – bu boshqa masala. Bu yerda gap nafaqat geyosiyosat va sanksiyalar haqida, balkim AQShning o‘zidagi moliyaviy vaziyat ko‘pchillik investorlarda savollar uyg‘otmoqda. Ularni birinchi navbatda, AQShning 30 trillion dollaga teng ulkan qarzi xavotirga tushirmoqda.Mustahkam zahiralar2021 yil oxirida Rossiyaning xalqaro zahiralari 630,5 milliard dollarga yetdi. Ushbu mablag‘lar MB va Hukumat tomonidan boshqariladi. Ularning tarkibida monetar oltin, maxsus qarz olish huquqi, XVJ dagi rezerv o‘rni va valyuta zahiralari bor. Ularning barchasidan boshqa davlatlar bilan savdo-sotiq qilganda to‘lov balansini ta’minlash maqsadida, ijtimoiy-iqtisodiy majburiyatlarni bajarish uchun foylaniladi.2021 yil oxiriga qadar Rossiya Banki oltin zahiralari miqdorini 2,3 ming tonnaga yetkazdi (74 mln. unsiya). Uning umumiy qiymati 133 lrd. Dollarni tashkil qiladi. Bu OVZning 21,3 %. Bunday yuqori ko‘rsatgich moliya tizimiga qo‘shimcha ishonchlilik, diversifikatsiyani hamda uning o‘sishini ta’minlaydi. Bugun esa rivojlangan davlatlar o‘z zahiralarining uchdan birini aynan oltinda saqlamoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Natalya Dembinskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/692/07/6920716_0:0:447:447_100x100_80_0_0_c571703c7abdb9788a3909f379a8c46f.png
Natalya Dembinskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/692/07/6920716_0:0:447:447_100x100_80_0_0_c571703c7abdb9788a3909f379a8c46f.png
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/04/15936506_360:0:3091:2048_1920x0_80_0_0_92b8bc4176084efd2193135267a2d722.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Natalya Dembinskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/692/07/6920716_0:0:447:447_100x100_80_0_0_c571703c7abdb9788a3909f379a8c46f.png
rossiya aqsh obligatsiyalar sotish voz kechish
rossiya aqsh obligatsiyalar sotish voz kechish
Rossiya nima sababdan AQSh qimmatli qog‘ozlarini sotib yubordi
18:12 21.01.2022 (yangilandi: 18:35 05.04.2023) "Oltin valyuta zahiralarini raqib tomon nazorati ostidabo‘lgan valyutada saqlash – aqlli fikr emas".
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Rossiya Markaziy banki AQSh davlat obligatsiyalari miqdorini keskin kamaytirdi. Moskva 2014-yildan buyon bosqichma-bosqich AQSh qimmatli qog‘ozlaridan voz kechib kelmoqda. Har safar sanksiyalar bilan po‘pisa qilinganda bu jarayon tezlashadi xolos. Ayni damda Rossiyaning xalqaro qimmatli qog‘ozlarda saqlanayotgan sarmoyasi umumiy oltin-valyuta zahiralarining 1%idan ham kam. Rossiya nima sababdan Amerika qimmatli qog‘ozlarini sotib yubordi va olingan mablag‘lar qayerga yo‘naltirildi?
AQSh Moliya vazirligi Rossiya noyabr oyida Amerika qimmatli qog‘ozlariga kiritgan sarmoyalarini 2,4 milliard dollargacha qisqartirganini ma’lum qildi. Ushbu ko‘rsatgich oktabr oyida 3,72 mlrd., sentabrda— 3,91 mlrd. dollarga teng edi.
AQSh davlat obligatsiyalari - Oq uyning eng muhim moliya vositalaridan biridir. Ushbu mablag‘lar budjet defitsitini qisqartirishga yordam beradi. Lekin bunda Rossiya ishtirokidan umid qilish kerak emas. Ayni damda Markaziy bank ularning deyarli hammasidan forig‘ bo‘ldi.
2010 – 2013-yillarda Rossiyaning amerika davlat qarziga kiritgan sarmoyasi 140 milliard dollardan ortiq edi. Lekin 2014-yilning aprel oyida Vashington Rossiyaga qarshi sanksiyalar e’lon qilganidan so‘ng, Moskva ushbu qog‘ozlardan voz kecha boshladi. 2018- yilda Markaziy bank AQSh davlat qog‘ozlarini katta miqdorda va arzon narxlarda sotib yubordi. Shundan so‘ng Rossiya bankida faqat 13,2 mlrd dollarlik qimmatli qog‘ozlar qolgan edi.
Qimmatli qog‘ozlarning muzvozatnatli portfeli
Rossiya xalqaro valta rezervlari ba’zan ko‘payib, ba’zan kamayib turadi, lekin yil sayin ularning miqdori kamayib bormoqda. Bugungi kunda Rossiya OVZlarida AQSh qimmatli qog‘ozlar ulushi 1%dan kam qolgan. Ularning sotish evaziga olingan mablag‘larga oltin, yevro yoki yuan sotib olinmoqda. Bu Rossiya uzoq vaqtdan beri o‘tkazib kelayotgan moliya siyosatining natijasidir. Oktabr oyidan boshlab moliya vazirligi qimmatli qog‘ozlarini sotishni davom ettirdi va dollarda saqlanayotgan aktivlar miqdori tarixiy eng past darajaga tushib qoldi, deydi "Dji El ES Invest" kmpaniyasining boshqaruvchi hamkori Eduard Bugrov.
Buning uchun bir necha faktlar xizmat qiladi. Birinchidan, iqtisodni dollardan xaols qilish (dedollarizatsiya). Natijada Rossiya iqtisodining Amerika valyutasiga bog‘liqligi kamayadi. Ikkinchidan - xalqaro rezervlar turli valyutalarda bo‘lgani yaxshi.
“Qayta balanslash – har qanday portfel uchun mutlaq normal jarayon. Har qanday yangi investordan butun boshli davlatgacha o‘z portfelini qayta muvozanatlab olishga haqli”, - deydi Mixail Kogan “Oliy Moliya maktabi” moliya bo‘limi boshlig‘i. Uning so‘zlariga ko‘ra, dekabr oyida ham Rossiya qimmatli qog‘ozlarni sotgan.
Rezervlar tashkil qilish – bu faqat bozor talabi emas. Ularni diversifikatsiya qilish (yevro, yuan, frank, ikkinchi eshelon valyutalari) – moliyaviy tizimning tashqi bosimga nisbatan ishonchliligini oshiradi. Ya’ni AQSh qarzlaridan xalos bo‘lar ekan Rossiya o‘ziga nisbatan sanksiyaviy va geosiyosiy bosimlarni kamaytiradi.
Bugun ikki davlat munosabatlari yana keskinlashgani aniq. Moskva ham Vashington ham bir-biriga nisbatan ulkan cheklovlar kiritmoqda. Rossiyani goh SWIFTdan uzib qo‘yishmoqchi bo‘lishadi, goh banklariga nisbatan sanksiyalari kiritilishini e’lon qilishadi. Ba’zida undan yomonroq tahdidlar ham eshitiladi.
“AQSh Rossiyaning dollardagi aktivlarini muzlatib qo‘yish va qarzlarini to‘lamaslik xavfini ham unutmaslik kerak. Bunday vaziyatla raqib nazorati ostidabo‘lgan valyutada saqlash – aqlli fikr emas”, - deydi Bugrov.
Rossiya OVZlarida dollar miqdori keskin kamaygan bo‘lsa-da, bu unining barchasin sotib yuborish kerak degani emas. Trejeris — bu yuqori likvidlikka ega bo‘lgan aktiv. Ularni tez va katta hajmda sotish yoki boshqa valyutalariga almashtirish mumkin. Ustiga ustak bu o‘z majburiyatlarini bajarish uchun juda qulay vositadir. Maslan boshqa valyuta bitimlari bo‘yicha.
Undan tashqari xalqaro savdoning aksariyati hozir ham amerika valyutasida olib borilmoqda. Aynan dollar asosiy tovar va moliya oqimlariga xizmat ko‘rsatmoqda.
Rossiyaning tizimli risklardan qochishi – bu boshqa masala. Bu yerda gap nafaqat geyosiyosat va sanksiyalar haqida, balkim AQShning o‘zidagi moliyaviy vaziyat ko‘pchillik investorlarda savollar uyg‘otmoqda. Ularni birinchi navbatda, AQShning 30 trillion dollaga teng ulkan qarzi xavotirga tushirmoqda.
2021 yil oxirida Rossiyaning xalqaro zahiralari 630,5 milliard dollarga yetdi. Ushbu mablag‘lar MB va Hukumat tomonidan boshqariladi. Ularning tarkibida monetar oltin, maxsus qarz olish huquqi, XVJ dagi rezerv o‘rni va valyuta zahiralari bor. Ularning barchasidan boshqa davlatlar bilan savdo-sotiq qilganda to‘lov balansini ta’minlash maqsadida, ijtimoiy-iqtisodiy majburiyatlarni bajarish uchun foylaniladi.
Rossiya zahiralarida bugungi kunda oltin yetakchilik qilmoqda. Ilk bor uning miqdori 23%ga 2020-yilda yetgan edi. Aktivlarining uchdan biri – yevro, 12% - yuan.
2021 yil oxiriga qadar Rossiya Banki oltin zahiralari miqdorini 2,3 ming tonnaga yetkazdi (74 mln. unsiya). Uning umumiy qiymati 133 lrd. Dollarni tashkil qiladi. Bu OVZning 21,3 %. Bunday yuqori ko‘rsatgich moliya tizimiga qo‘shimcha ishonchlilik, diversifikatsiyani hamda uning o‘sishini ta’minlaydi. Bugun esa rivojlangan davlatlar o‘z zahiralarining uchdan birini aynan oltinda saqlamoqda.