Qozog‘iston boyligining yarmiga atigi 162 kishi egalik qiladi – Toqayev

© Sputnik / Abzal KaliyevBanknota nominalom 10 000 tenge
Banknota nominalom 10 000 tenge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidenti yirik biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev yirik biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.
Uchrashuv boshida prezident Qozog‘istondagi boy va kambag‘al odamlar o‘rtasidagi tafovut mamlakatni qamrab olgan norozilikka sabab bo‘lganini ta’kidladi.
"Aholi daromaddagi tabaqalanish qabul qilib bo‘lmaydigan darajaga yetdi va "porox bochka oldida yondirilgan gugurt" rolini o‘ynadi. Bundan terrorchi-jangchilar va ularning ortida turgan fitnachilar foydalandi", - dedi u.
Shuningdek, Toqayev mamlakatdagi chuqur ijtimoiy tengsizlik haqida gapirdi.
"Xalqaro xususan, KPMGning ekspertlari ta’kidlashicha, Qozog‘iston boyligining yarmi bor-yo‘g‘i 162 kishiga tegishli. Aholining yarmining oylik daromadi 50 ming tengedan yoki yiliga 1300 dollardan sal ko‘proq. Bunday pulga yashash deyarli mumkin emas. Vaziyatni zudlik bilan o‘zgartirish kerak, ko‘p narsa sizga, hurmatli tadbirkorlarga bog‘liq”, - dedi u.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonda oligopoliya - bu doimiy ravishda bir qo‘llarda biznesni diversifikatsiya qilishga intilishdir, lekin mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish emas.
“Biznesni monopollashtirish - bu yomon. Bu jamiyat depressiyasiga, ishonchsizligiga olib keladi. Odamlar nima uchun biznesning barcha turlari bir qo‘lda, deb hayron bo‘lmoqda”, dedi Toqayev.
Yangiliklar lentasi
0