https://oz.sputniknews.uz/20220121/evroparlament-qozogistonga-sanktsiyalar-kiritishni-soramoqda-22310886.html
Yevroparlament Qozog‘istonga sanksiyalar kiritishni so‘ramoqda
Yevroparlament Qozog‘istonga sanksiyalar kiritishni so‘ramoqda
Sputnik O‘zbekiston
Yevroparlament Qozog‘istondagi tartibsizlik vaqtida sodir bo‘lgan noqonuniy holatlarni tekshirish va mansabdor shaxslarga nisbatan sanksiyalar kiritishga da’vat qildi
2022-01-21T11:13+0500
2022-01-21T11:13+0500
2022-01-21T11:13+0500
dunyoda
qozog‘iston
jurnalistlar
yevropa
yeii
ommaviy tartibsizlik
yexht
namoyish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1f/20301124_0:159:3076:1889_1920x0_80_0_0_c6dbd2e1dc6f59def1c99d43373bd0a6.jpg
TOShKENT, 21 yanv - Sputnik. Yevropa parlamenti Qozog‘istondagi voqealar bo‘yicha xalqaro tekshiruv o‘tkazish va inson huquqlarini jiddiy poymol qilgan qozoq rasmiylariga qarshi sanksiyalar qo‘llashga chaqirmoqda.YeP va YeI Kengashi 2022-yil yanvaridagi norozilik namoyishlari chog‘ida sodir etilgan jiddiy qonunbuzarliklar uchun javobgar bo‘lgan qozog‘istonlik yuqori martabali amaldorlarga shaxsiy sanksiyalar qo‘llashga da’vat qildi.Ular Yevropa Ittifoqi tomonidan yaqinda tasdiqlangan inson huquqlarini jiddiy buzganlik uchun global sanksiyalar rejimini eslatib o‘tdilar. Yangi hujjat butun dunyo bo‘ylab bunday huquqbuzarliklarga aloqador shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish imkonini beradi.Yevroparlament deputatlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqini Olma-Ota va Qozog‘istonning boshqa shahardarida namoyishlar vaqtida sodir bo‘lgan “odamlar g‘oyib bo‘lishi, qiynoqlar, nohaq hibsga olishlar, snayperlar tomonidan yo‘q qilinishini, jumladan, voyaga yetmaganlarni ham" tekshirishga chaqirmoqda.YeP, shuningdek, Qozog‘iston hukumatini vaziyatni tekshirish va joyida baholash uchun BMT va YXHT ekspertlarini taklif qilishga chaqirgan.Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Qozog‘istonda jurnalistlarga hujum uyushtirilganda, telekanallar redaksiyalari yoqib yuborilgan vaqtlarda YeXHTning sukut saqlaganini - tashkilot uchun sharmandalik deb atagan edi.Vazir shuningdek, YeXHTning “hamjihatlikda yashash” to‘g‘risidagi chaqirig‘i KXShT tinchlikparvar kuchlari Qozog‘istonda vaziyatni tinchlantirishga yordam berganidan va tartibsizliklarni boshlaganlar va aybdorlari qo‘lga olinganidan keyingina paydo bo‘lgani haqida aytib o‘tdi.
qozog‘iston
yevropa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1f/20301124_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_d8422a252f6d652e745be41b5d488db1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yevroparlament qozog‘iston tartibsizlik noqonuniy holatlar sanksiyalar kiritish
yevroparlament qozog‘iston tartibsizlik noqonuniy holatlar sanksiyalar kiritish
Yevroparlament Qozog‘istonga sanksiyalar kiritishni so‘ramoqda
Yevroparlament Qozog‘istondagi tartibsizlik vaqtida sodir bo‘lgan noqonuniy holatlarni tekshirish va mansabdor shaxslarga nisbatan sanksiyalar kiritishga da’vat qildi.
TOShKENT, 21 yanv - Sputnik. Yevropa parlamenti Qozog‘istondagi voqealar bo‘yicha xalqaro tekshiruv o‘tkazish va inson huquqlarini jiddiy poymol qilgan qozoq rasmiylariga qarshi sanksiyalar qo‘llashga chaqirmoqda.
Odatda, Yevroparlament rezolyutsiyalari deklarativ va majburiy emas, lekin Yevropa Ittifoqi institutlari va Yevropa davlatlari ularni hisobga oladi.
YeP va YeI Kengashi 2022-yil yanvaridagi norozilik namoyishlari chog‘ida sodir etilgan jiddiy qonunbuzarliklar uchun javobgar bo‘lgan qozog‘istonlik yuqori martabali amaldorlarga shaxsiy sanksiyalar qo‘llashga da’vat qildi.
Ular Yevropa Ittifoqi tomonidan yaqinda tasdiqlangan inson huquqlarini jiddiy buzganlik uchun global sanksiyalar rejimini eslatib o‘tdilar. Yangi hujjat butun dunyo bo‘ylab bunday huquqbuzarliklarga aloqador shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish imkonini beradi.
Yevroparlament deputatlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqini Olma-Ota va Qozog‘istonning boshqa shahardarida namoyishlar vaqtida sodir bo‘lgan “odamlar g‘oyib bo‘lishi, qiynoqlar, nohaq hibsga olishlar, snayperlar tomonidan yo‘q qilinishini, jumladan, voyaga yetmaganlarni ham" tekshirishga chaqirmoqda.
YeP, shuningdek, Qozog‘iston hukumatini vaziyatni tekshirish va joyida baholash uchun BMT va YXHT ekspertlarini taklif qilishga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Qozog‘istonda jurnalistlarga hujum uyushtirilganda, telekanallar redaksiyalari yoqib yuborilgan vaqtlarda YeXHTning sukut saqlaganini - tashkilot uchun sharmandalik deb atagan edi.
"Bu o‘zini mayoq sifatida ko‘rsatayotgan tashkilot uchun shunchaki uyat. G‘arb YeXHTni jurnalistlar huquqlarini himoya qilishda "oltin standart" deb ataydi. Bo‘lib o‘tgan voqealar uning "oltin standart” emas "ikki tomonlama standart" ekanini namoyish qildi. Redaksiyalarga tajolvuz qilinib, jurnalistlar hayotiga tahdid solinganida - ular lom-mim deyishmadi”, - dedi Lavrov.
Vazir shuningdek, YeXHTning “hamjihatlikda yashash” to‘g‘risidagi chaqirig‘i KXShT tinchlikparvar kuchlari Qozog‘istonda vaziyatni tinchlantirishga yordam berganidan va tartibsizliklarni boshlaganlar va aybdorlari qo‘lga olinganidan keyingina paydo bo‘lgani haqida aytib o‘tdi.