Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII va O‘zbekiston: YeIK organlari faoliyatida respublikaning ishtirokini kengaytirish haqida

© Sputnik / Asatur YesayantsFlagi stran YeAES
Flagi stran YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Obuna bo‘lish
YeOII doirasida amalga oshirilayotgan jarayonlarga kuzatuvchi-davlatlarning ishtirokini faollashtirish masalasini ko‘rib chiqadi.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) kengashi YeOII doirasida amalga oshirilayotgan jarayonlarga kuzatuvchi-davlatlarning ishtirok etishini kengaytirish masalasini muhokama qiladi.
Gap birinchi navbatda O‘zbekiston haqida ketmoqda, dedi Belarus bosh vaziri o‘rinbosari, kengash a’zosi Igor Petrishenko.
Mirziyoyevning tashabbusi

O‘tgan yilning dekabr oyida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi organlarida kuzatuvchi davlatlarning ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishni taklif qilgandi.

KengaytirishYig‘ishtirish

“Davlat rahbarlari topshirig‘iga asosan bugun biz YeOII doirasida o‘zaro hamkorlik masalalariga kuzatuvchi-davlatlarni, birinchi navbatda, O‘zbekistonni jalb qilishni faollashtirish masalasini ko‘rib chiqamiz”, - dedi Petrishenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu O‘zbekistonning tashabbusi edi, kuzatuvchi-davlat maqomidan faolroq foydalanish, Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi doirasida ishni tashkil qilish, dolzarb masalalarni hal etish nuqtayi nazaridan ham ittifoq a’zolari va kuzatuvchi-davlatlarga muhim bo‘ladi.
Belarus bosh vaziri o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilishda YeOII uchinchi davlatlar bilan savdo aylanmasini kengaytirish, bojxona va tariflarni himoya qilish masalalari, ittifoq doirasida tovarlarni olib o‘tish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari ham muhokama qilish rejalashtirilgan.
YeIK Kengashining yangi yildagi birinchi yig‘ilishi kun tartibi 30tadan ortiq masaladan iborat.
U o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, YeOIIda ichki savdo aylanmasi 23 foizga oshganiga e’tibor qaratdi.
YeOII 2015-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Iqtisodiy birlashmaga Rossiya, Belarus, Armaniston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kiradi.
O‘zbekiston 2020-yil dekabr oyida YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi.
Yangiliklar lentasi
0