Toshkent jamoat transporti Rossiya tajribasi asosida takomillashtiriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident obsudil voprosi razvitiya obshestvennogo transporta v Tashkente
Prezident obsudil voprosi razvitiya obshestvennogo transporta v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2022
Obuna bo‘lish
Prezidentga poytaxt jamoat transportini rivojlantirishga oid rejalashtirilgan loyihalar haqida ma’lumot berildi.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev kuni Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi. Ular orasida poytaxtda foydalanish mumkin bo‘lgan Rossiya tajribasi ham bor.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Rossiya tajribasi bilan birga Germaniya tajribasidan ham foydalaniladi.

“Taqdimotda Toshkent shahrida jamoat transporti va transport infratuzilmasini Germaniya va Rossiyaning megapolislarni rivojlantirish borasidagi ilmiy asoslangan tajribasi asosida takomillashtirish imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot berildi”, - deyilgan xabarda.

Xabarda yozilishicha, qulay jamoat transporti shaharning eng muhim shartlaridan biridir. Lekin jamoat transport tizimi poytaxtdagi o‘zgarishlardan orqada. 350 ta avtobusning foydalanish muddati 10-yildan oshgan, 393 ta avtobus yetishmaydi. Tirbandliklar oqibatida avtobuslar orasidagi interval tig‘iz paytda 30 daqiqagacha yetmoqda. Oqibatda yo‘lovchilar bu xizmatdan norozi bo‘lib, shaxsiy transportdan foydalanishga o‘tib ketmoqda. Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich 79 foizni, jamoat transportidan foydalanish darajasi esa bor-yo‘g‘i 21 foizni tashkil etmoqda.
Prezident taqdimotda hududlardan Toshkent shahriga kelishdagi asosiy yo‘llarda 10 ta zamonaviy shohbekat, yo‘lovchilar juda ko‘p bo‘ladigan 6 ta metro bekati yonida avtoturargohlar barpo etish bo‘yicha topshiriq berdi.
Joriy yilda “Qo‘yliq-Qipchoq” yerusti metrosi qurilishi ham yakunlanadi. Buning natijasida yengil avtomobildan foydalanayotgan 70 ming aholi uchun jamoat transportida yurishga qulay sharoit yaratiladi.
YPX postlarida “yashil” va “qizil” yo‘laklar paydo bo‘ladi
Bundan tashqari, yo‘lovchilar oqimining kelgusi 5-yillik prognozidan kelib chiqib, jamoat transporti tizimining iqtisodiy-matematik modelini yaratish, Transport universiteti ilmiy salohiyatini oshirish zarur.
Davlat rahbari yo‘l harakatini to‘g‘ri tashkil etish orqali mazkur chorrahalarda o‘tkazuvchanlik va qulaylikni oshirish kerakligini ta’kidladi.
Bu yil 200 ta chorrahada harakatni transport oqimiga qarab boshqarish tizimi joriy etilishi, 180 kilometr piyoda va velosiped yo‘laklari qurilishi, 2 ming avtomobilga mo‘ljallangan to‘xtash joylari tashkil etilishi belgilandi.
Shuningdek, joriy yilda avtobus parkining 35 foizi yangilanadi. Buning uchun 410 ta avtobus va elektrobus xarid qilinib, katta sig‘imli avtobuslar soni 2 barobar oshiriladi. Shaharda elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalarini tashkil etiladi.
Toshkent transportini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi – tafsilotlar
Transport vazirligi va Toshkent shahar hokimligiga poytaxtimizda jamoat transportini rivojlantirish konsepsiyasini qayta ko‘rib chiqib, keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish topshirildi.
Istiqbolda barcha viloyat markazlaridagi jamoat transportini ularning aholi soni, yashash va ish joylari, rivojlanish xususiyatlaridan kelib chiqib poytaxt tajribasi va ilmiy yondashuv asosida takomillashtirilishi ta’kidlandi.
Yangiliklar lentasi
0