Samarqand tumani tugatiladi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishMavzoley Gur-Emir
Mavzoley Gur-Emir - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2022
Obuna bo‘lish
Oqdaryo, Past Darg‘om, Toyloq tumanlarining ma’muriy-hududiy chegaralari ham o‘zgaradi.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Oqdaryo, Past Darg‘om, Samarqand, Toyloq tumanlari va Samarqand shahri mavjud ma’muriy-hududiy chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi Oliy Majlis Senati qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Hujjat bilan Samarqand tumanini alohida ma’muriy-hududiy birlik sifatida tugatish ko‘zda tutilmoqda.
Oqdaryo, Past Darg‘om, Samarqand, Toyloq tumanlari va Samarqand shahri ma’muriy-hududiy chegaralari ham o‘zgaradi.
Quyidagi tumanlarning ma’lum bir hududi Samarqand shahri tarkibiga kiritiladi:
Oqdaryo tumanidan 1 654 gektar;
Samarqand tumanidan 12 975 gektar;
Past Darg‘om tumanidan 1 245 gektar;
Toyloq tumanidan 1 269 gektar yer.
Samarqand shahridan 528 gektar, Samarqand tumanidan 1370 gektar yer maydonlari Past Darg‘om tumani tarkibiga kiritiladi.Toyloq tumani tarkibiga esa Samarqand tumani hududidan 29 283 gektar yer maydoni o‘tkaziladi.
Samarqand shahrida qanday yangi tumanlar paydo bo‘ladi
Samarqand shahri tarkibida Qorasuv tumani (umumiy yer maydoni 8 250 gektar), Sug‘diyona tumani (maydoni 3 741 gektar), Siyob tumani (maydoni 4 846 gektar), Bog‘ishamol tumani (3 246), Maroqand tumani (maydoni 8 333 gektar) tashkil etiladi.
Yangi tashkil etilgan Maroqand tumani tarkibidagi Gulobod massivi Samarqand viloyatining ma’muriy markazi etib belgilanadi.
Samarqand millionli shaharga aylanmoqda
Chegarasi o‘zgarayotgan Toyloq, Past Darg‘om, Oqdaryo tumanlari va tugatilayotgan Samarqand tumani saylov okruglaridan saylangan xalq deputatlari Samarqand shahar kengashi deputatlari hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0