Rossiyaga ilm izlab eng ko‘p qaysi davlatdan kelishmoqda

Obuna bo‘lish
Rossiya o‘z OTMlarida boshqa davlat fuqarolarini o‘qitishga tayyor. Bugungi kunda Rossiyada ta’lim olayotgan talabalar orasida eng ko‘p Qozog‘iston, O‘zbekiston, Xitoy, Turkmaniston va Tojikiston fuqarolari bor. Batafsil infografikamizda tanishing.
Bugungi kunda Rossiya OTMlarida O‘zbekistondan 48,7 ming nafar talabalar tahsil olmoqda. O‘zbekiston yoshlari orasida Rossiyada ta’lim olishga qiziqish kuchli.
O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov biroz oldin kelgusi o‘quv yilida Rossiyada bepul ta’lim olish uchun ajratilgan o‘rinlar soni 750tani tashkil qilishini ma’lum qilgan edi. Bu 2018-yilga nisbatan 3 baravar ko‘p.
Aytish joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda Rossiya oliygohlari filiallari soni ham yil sayin oshib bormoqda. Uch yil oldin ularning soni 4ta bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib 14taga yetgan, yana 9tasi ochilish arafasida turibdi.
Yangiliklar lentasi
0