O‘zbek olimlari silga qarshi dori yaratishdi

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka o‘tishTabletki
Tabletki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2022
Obuna bo‘lish
Uning boshqa preparatlarga nisbatan organizmga nojo‘ya ta’siri bir necha marta kamaygan. Dorining organizmdagi samarali ta’sir vaqti bir necha bor ortgan.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda silga qarshi “Biomayrin 600 mg” preparati yaratildi.
Uni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi (O‘FA) Bioorganik kimyo institutida yetakchi ilmiy xodimi Sh. Shomurotov rahbarligidagi bir guruh olimlar yaratishgan.
“Ushbu preparat poligalakturon kislotasi (pektin) va silga qarshi preparatlar – izoniazid, etambutol va rifampitsin asosida olingan”, - deyiladi Fanlar akademiyasi xabarida.
Mazkur preparatning afzalligi shundaki, u makromolekulyar tabiatga ega bo‘lib, tabiiy polimer poligalakturon kislota makromolekulasiga silga qarshi izoniazid, etambutol va rifampitsin kimoviy bog‘lar vositasida bog‘langan.
Buning natijasida ushbu kasallikka qarshi boshqa preparatlarga nisbatan organizmga nojo‘ya ta’siri bir necha marta kamaygan hamda organizmdagi samarali ta’sir vaqti bir necha bor ortgan.
Preparat patogen hujayralarga yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatadgan. U silning turli shtammlariga nisbatan yuqori faollikka egaligi aytilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0