Olmaotada jangarilar yashirin ko‘milgan joy topildi

© Sputnik / Vasiliy Krestyaninov / Mediabankka o‘tishSituatsiya v Alma-Ate
Situatsiya v Alma-Ate - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2022
Obuna bo‘lish
Olmaotada hujum uyushtirgan jangarilarning yashirincha ko‘milgan joylar topildi.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Olmaota politsiyasining rasmiy vakili Saltanat Azirbek 4-8 yanvar kunlari shaharda sodir etilgan teraktda ishtirok etgan kishilarning qabrlar topilgani haqidagi faktlarni tasdiqladi.
Uning aytishicha, ayni paytda bu boradagi ishlar davom etmoqda.
"Ha, tasdiqlaymiz. Jasadlar ko‘milgan joylar topildi. Bu yo‘nalishda ishlar davom etmoqda, shu bois hozircha ularning soni bo‘yicha aniq ma’lumotlarga ega emasmiz. Tergov-tezkor guruhlar ishi yakunlanganidan keyin batafsil ma’lumot e’lon qilinadi", dedi u Sputnik Qozog‘iston muxbiriga.
Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, tergov jarayonida jangarilarning shaxsi va ularning mahalliy va xorijiy radikal diniy oqimlarga aloqadorligi aniqlanadi.
Tergovning boshqa tafsilotlari hozircha oshkor etilmaydi.
Oldinroq Olmaota komendanti Kanat Taimerdenov jangarilar o‘lgan terrorchilarning jasadlarini o‘zlari bilan olib ketganini ma’lum qilgandi.
"Hujumchilar o‘lganlarni tashlab ketishmagan, yaradorlarni o‘zlari bilan olib ketishgan. Shu kunlarda o‘likxonaga 7-marta hujum uyushtirildi. 41 nafar kishining jasadi o‘g‘irlab ketildi", - dedi Olmaota politsiya boshqarmasi boshlig‘i.
Qozog‘istondagi tartibsizliklar vaqtida 227 kishi halok bo‘ldi, shundan 151 kishi Olmaotada, ulardan 11 nafar kuchishlatar tizim xodimi halok bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0