Mirziyoyev Toqayev bilan qo‘ng‘iroqlashdi: yetakchilar nimalarni muhokama qilishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu
Prezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti hamkasbi Toqayev tomonidan Qozog‘istondagi vaziyatni barqarorlashtirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qozog‘istonlik hamkasbi Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbarlari ikki tomonlama kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlarini ko‘rib chiqdilar.
“Amaliy hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan savdo va logistika, mashinasozlik, energetika, qishloq xo‘jaligi, kimyo va farmatsevtika, to‘qimachilik va oziq-ovqat sohalari va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi”, - deyiladi O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabarida.
Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti tomonidan mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istondagi voqealarga munosabat bildirdi
Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari yuzasidan ham fikr almashildi. Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi.
Yangiliklar lentasi
0