Mirziyoyev Sirdaryo va Xorazm viloyati hokimlariga “hayfsan” e’lon qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel soveshanie po razvitiyu turizma na Aydarkule
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po razvitiyu turizma na Aydarkule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2022
Obuna bo‘lish
Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev va Xorazm viloyati hokimi F.Ermanovga xususiylashtirish ishlarini sust tashkil etgani uchun “hayfsan” e’lon qilindi.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish borasida 2022-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Unda davlat rahbari davlat aktivlarini xususiylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar sur’ati qoniqarsiz ekanini ta’kidladi.
Joriy yilda davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushishi prognoz qilinayotgan mablag‘lar ko‘rsatkichi juda kamligi, tarmoq va hududlarda hanuzgacha 2 mingta samarasiz ishlatilayotgan davlat mulki obyektlari mavjudligi keskin tanqid qilindi.
Viloyat hokimliklari balansida ham yillar davomida 170 ga yaqin bo‘sh obyektlar sotilmasdan turibdi.
Shuning uchun Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev va Xorazm viloyati hokimi F.Ermanovga xususiylashtirish ishlarini sust tashkil etgani uchun “hayfsan” e’lon qilindi.
Shuningdek, Davlat aktivlari agentligining Sirdaryo, Xorazm va Buxoro viloyatlari boshqarma boshliqlari, transformatsiya va xususiylashtirish ishlarini o‘z holiga tashlab qo‘ygani uchun “O‘zagroservis” jamiyati raisi R.Xayitov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Yangiliklar lentasi
0