Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbari o‘rinbosarini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal zamestitelya rukovoditelya Administratsii Prezidenta Rossiyskoy Federatsii Dmitriya Kozaka.
Shavkat Mirziyoyev prinyal zamestitelya rukovoditelya Administratsii Prezidenta Rossiyskoy Federatsii Dmitriya Kozaka.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2022
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining o‘rinbosarini qabul qildi.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-yanvar kuni Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Dmitriy Kozakni qabul qildi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.
Uchrashuv avvalida Dmitriy Kozak Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Yaqinda o‘tgan oliy darajadagi uchrashuv va muloqotlarda erishilgan kelishuvlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash va ko‘p qirrali munosabatlarni kengaytirishga kuchli sur’at bag‘ishlagani alohida ta’kidlandi. Tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha yirik loyihalar va ustuvor gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda.
Davlat rahbari O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni yanada rivojlantirish va uning salohiyatini ro‘yobga chiqarish muhim ekanini qayd etdi.
Markaziy Osiyoda ro‘y bergan voqelardan kelib chiqib mintaqadagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.
Yangiliklar lentasi
0