Rossiyada Suriyadagi jangarilarga qo‘shilishni rejalashtirgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishNaruchniki
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2022
Obuna bo‘lish
Qashqadaryolik erkak Rossiyada mavsumiy ishlashi davrida Internet orqali xalqaro terrorchi tuzilmalar ta’siriga tushib qolgan.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Rossiyada Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilishni rejalashtirgan o‘zbekistonlik ushlandi.
O‘zbekiston Davlat xizmati xavfsizligi xabariga ko‘ra, qashqardarolik erkak Rossiyadamavsumiy ishlashi davrida Internet orqali xalqaro terrorchi tuzilmalar ta’siriga tushib qolgan. Keyin u qo‘poruvchilik harakatini sodir qilish maqsadida Suriyadagi jangarilar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan.
Rossiyada “jihod” g‘oyalarini targ‘ib qilishda gumon qilingan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
Bu fuqaro DXX xodimlari va Rossiya Federal xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlarda qo‘lga olingan va O‘zbekistonga olib kelingan.
Unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Avvalroq 1999-yildagi Toshkentda amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlariga aloqasi borligi uchun 23-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan fuqaro xorijda ushlanib, O‘zbekistonga olib kelingani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0