https://oz.sputniknews.uz/20220119/limon-etishtiruvchilarga-subsidiya-beriladi-22276894.html
Limon yetishtiruvchilarga subsidiya beriladi
Limon yetishtiruvchilarga subsidiya beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Yangi limonzorlarni barpo etish va ko‘chatlar xarid qilishni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
2022-01-19T22:02+0500
2022-01-19T22:02+0500
2022-01-19T22:02+0500
iqtisod
limon
subsidiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/13/22277148_0:320:3072:2048_1920x0_80_0_0_ac3aa5e5948e5c2c741835a657fa88ff.jpg
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Yangi limonzorlarni barpo etish va ko‘chatlar xarid qilishni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.Qaror bilan bu bo‘yicha nizom tasdiqlandi.Nizomga ko‘ra, talabgorlar (qishloq xo‘jaligi tashkilotlari) muqobil energiya qurilmasi o‘rnatilgan issiqhona ishga tushirilgandan so‘ngsubsidiya olish uchun tuman komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.Tuman komissiyasi murojaat kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida talabgor tomonidan o‘rnatilgan muqobil energiya qurilmalarini joyiga chiqqan holda o‘rganadi.Talabgorlar Komissiyaning ijobiy xulosasini olgach 5 kun ichida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga tegishli hujjatlarni taqdim qiladi.Pillaning har bir kilosi uchun 5 ming so‘m subsidiya beriladiHujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichidaAgentlik ularni o‘rganib chiqib, Kengash qarori qabul qilingan kundan boshlab 1 oy ichida subsidiya ajratadi yoki rad etilsa, bu haqda talabgorni xabardor qiladi.Agentlik 5-yil mobaynida, har yil kamida bir marotaba shartnomada ko‘rsatilgan parametrlar va majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan monitoring olib boradi.Shuningdek, qarorga ko‘ra yangi limonzorlar barpo etish va ko‘chatlar xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar har bir sotix uchun 300 ming so‘mgacha miqdorda subsidiya sifatida qoplab beriladi.Subsidiya limonzorlar barpo etish ishlari yakunlanib, tuman ishchi komissiyasining ularni foydalanishga qabul qilish yuzasidan tasdiqlangan dalolatnomalari Agentlikka taqdim etilgandan so‘ng 1 oy muddatda ajratiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/13/22277148_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_d1395602e71b6d205464b81cddc880c6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
limon yetishtiruvchilar subsidiya
limon yetishtiruvchilar subsidiya
Limon yetishtiruvchilarga subsidiya beriladi
Yangi limonzorlar barpo etish va ko‘chatlar xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar har bir sotix uchun 300 ming so‘mgacha miqdorda subsidiya sifatida qoplab beriladi.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Yangi limonzorlarni barpo etish va ko‘chatlar xarid qilishni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, limon yetishtiradigan qishloq xo‘jaligi tashkilotlari xarid qilgan muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan)orqali ishlaydigan isitish qurilmalari qiymatining 30 foizgacha qismi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Qaror bilan bu bo‘yicha nizom
tasdiqlandi.Nizomga ko‘ra, talabgorlar (qishloq xo‘jaligi tashkilotlari) muqobil energiya qurilmasi o‘rnatilgan issiqhona ishga tushirilgandan so‘ngsubsidiya olish uchun tuman komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Tuman komissiyasi murojaat kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida talabgor tomonidan o‘rnatilgan muqobil energiya qurilmalarini joyiga chiqqan holda o‘rganadi.
Talabgorlar Komissiyaning ijobiy xulosasini olgach 5 kun ichida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga tegishli hujjatlarni taqdim qiladi.
Hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichidaAgentlik ularni o‘rganib chiqib, Kengash qarori qabul qilingan kundan boshlab 1 oy ichida subsidiya ajratadi yoki rad etilsa, bu haqda talabgorni xabardor qiladi.
Agentlik 5-yil mobaynida, har yil kamida bir marotaba shartnomada ko‘rsatilgan parametrlar va majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan monitoring olib boradi.
Shuningdek, qarorga ko‘ra yangi limonzorlar barpo etish va ko‘chatlar xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar har bir sotix uchun 300 ming so‘mgacha miqdorda subsidiya sifatida qoplab beriladi.
Subsidiya limonzorlar barpo etish ishlari yakunlanib, tuman ishchi komissiyasining ularni foydalanishga qabul qilish yuzasidan tasdiqlangan dalolatnomalari Agentlikka taqdim etilgandan so‘ng 1 oy muddatda ajratiladi.