https://oz.sputniknews.uz/20220119/lacetti-va-cobalt-vaqtincha-magnitolasiz-etkazib-beriladi-22268484.html
“Lacetti” va “Cobalt” vaqtincha magnitolasiz yetkazib beriladi
“Lacetti” va “Cobalt” vaqtincha magnitolasiz yetkazib beriladi
Sputnik O‘zbekiston
19 yanvardan ilgari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha “Chevrolet Lacetti” va “Cobalt” komponentlarni yetkazib berishdagi uzilishlar tufayli mijozlarga magnitolasiz yetkazib beriladi.
2022-01-19T12:26+0500
2022-01-19T12:26+0500
2022-01-19T12:26+0500
iqtisod
uzauto motors
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/576/46/5764645_0:0:3000:1688_1920x0_80_0_0_e14351c78ebee6fc215b63dba6d8981e.jpg
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. 19-yanvardan ilgari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha “Chevrolet Lacetti” va “Cobalt” komponentlarni yetkazib berishdagi uzilishlar tufayli mijozlarga magnitolasiz yetkazib beriladi. Bu haqda “UzAuto Motors” kompaniyasi ma’lum qildi.Ta’kidlanishicha, yarimo‘tkazgichlarning global yetishmovchiligi “UzAuto Motors” uchun yagona bo‘lgan GM sertifikatiga ega avtomagnitola ishlab chiqaruvchi Janubiy Koreyaning “Humax” korxonasini ham chetlab o‘tmagan. Avtomagnitolani yetkazib berish noma’lum muddatga to‘xtatilgan.Nima uchun avtomobil yetkazib berilmayapti: UzAuto Motors sababini ma’lum qildiKompaniya xaridorning roziligi bilan amalga oshiriluvchi bu majburiy choraning qo‘llanilishi yuzlab iste’molchilarga uzoq kutilgan avtomobillarni yaqin orada yetkazilishini ta’minlashini bildirgan.Xaridorlar o‘z avtomobilini magnitola qurilmasi va uning o‘rnatilish xarajatlarining qoplanishi bilan yaqin orada magnitolasiz olishi mumkin. Xohishga ko‘ra, bozordan xohlagan turdagi avtomagnitolani kompaniya rasmiy dilerlarida o‘rnatish kafolatiga ega bo‘lishadi.Shuningdek, avtomobilni keyinchalik tekin qayta jihozlash bilan magnitolasiz olib ketish mumkin. Ishlab chiqaruvchi magnitola yetkazib bergandan so‘ng avtomobil qayta jihozlab beriladi.UzAuto Captiva 5 uchun "cheksiz uzr" so‘radi
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/576/46/5764645_339:0:3000:1996_1920x0_80_0_0_8a9b2cff6ab84ece0dc6a58ad0acca9e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
lasetti kobalt magnitola uzvtomotors
lasetti kobalt magnitola uzvtomotors
“Lacetti” va “Cobalt” vaqtincha magnitolasiz yetkazib beriladi
“UzAuto Motors” kompaniyasi buning sabablarini keltirib o‘tdi.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. 19 yanvardan ilgari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha “Chevrolet Lacetti” va “Cobalt” komponentlarni yetkazib berishdagi uzilishlar tufayli mijozlarga magnitolasiz yetkazib beriladi. Bu haqda “UzAuto Motors” kompaniyasi
ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, yarimo‘tkazgichlarning global yetishmovchiligi “UzAuto Motors” uchun yagona bo‘lgan GM sertifikatiga ega avtomagnitola ishlab chiqaruvchi Janubiy Koreyaning “Humax” korxonasini ham chetlab o‘tmagan. Avtomagnitolani yetkazib berish noma’lum muddatga to‘xtatilgan.
Kompaniya xaridorning roziligi bilan amalga oshiriluvchi bu majburiy choraning qo‘llanilishi yuzlab iste’molchilarga uzoq kutilgan avtomobillarni yaqin orada yetkazilishini ta’minlashini bildirgan.
Xaridorlar o‘z avtomobilini magnitola qurilmasi va uning o‘rnatilish xarajatlarining qoplanishi bilan yaqin orada magnitolasiz olishi mumkin. Xohishga ko‘ra, bozordan xohlagan turdagi avtomagnitolani kompaniya rasmiy dilerlarida o‘rnatish kafolatiga ega bo‘lishadi.
Shuningdek, avtomobilni keyinchalik tekin qayta jihozlash bilan magnitolasiz olib ketish mumkin. Ishlab chiqaruvchi magnitola yetkazib bergandan so‘ng avtomobil qayta jihozlab beriladi.