Erdo‘g‘on Putin va Zelenskiyni Turkiyaga taklif qildi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan (sleva) vo vremya press-podxoda po itogam rossiysko-tureskix peregovorov
Prezident RF Vladimir Putin i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan (sleva) vo vremya press-podxoda po itogam rossiysko-tureskix peregovorov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2022
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti yaqin bir necha haftalar ichida Ukrainaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Turkiya Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning ukrainalik hamkasabasi Vladimir Zelenskiy muzokaralari uchun imkoniyat yaratib yuberishga tayyor. Bu haqida Turkiya prezidentining vakili Ibrohim Kalin ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
"Prezident Erdo‘g‘on ikkala rahbarni ham Turkiyada uchrashib o‘zaro tushunmovchiliklar va muammolarni hal qilishni taklif qildi. Rossiya va Ukraina orasidagi tanglikni kamaytirish uchun Turkiya kerak bo‘lgan har qanday vazifani bajarishi mumkin", - dedi Turkiya prezidenti vakili.
Shuningdek Kalin, Turkiya prezidenti yaqin bir necha haftalar ichida Ukrainaga tashrif buyurishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
"Shu bilan birga, kelajakda jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday harbiy harakatlarni oldini olish maqsadida, biz Rossiya bilan yaqin muloqotda bo‘lib turamiz", - deb qo‘shimcha qildi Turkiya prezidenti vakili.
Eslatib o‘tamiz, AQSh va NATO o‘tgan yilning so‘nggi oylarida Ukrainaga faol ravishda qurol-aslaha yetkazib berish bilan shug‘ullanmoqda. Undan tashqari Ukraina Sharqiga yulab NATO instruktorlari olib kelingani haqida xabarlar mavjud.
Shu bilan bir vaqtda G‘arb OAVlarida Rossiya Ukrainaga yaqinda bostirib kiradi, degan yolg‘on xabarlar muntazam ravishda tarqatib kelinmoqda.
Rossiya AQSh va NATOning bunday tajovuzkar harakatlariga nisbatan o‘z xavfsizligini kafolatlovchi shartnoma ishlab chiqdi va AQShga uni imzolashni taklif etdi. Lekin AQSh bundan bosh tortdi. Ukrainaga qurol-aslaha yetkazib berishni faollantirdi. Bugungi kunda Rossiya Ukraina chegarasida vaziyat tobora keskinlashmoqda.
Yangiliklar lentasi
0