https://oz.sputniknews.uz/20220118/ypx-post-22258850.html
YPX postlarida “yashil” va “qizil” yo‘laklar paydo bo‘ladi
YPX postlarida “yashil” va “qizil” yo‘laklar paydo bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
2022 yil 1-martdan boshlab “Chinor” va “Namangan” yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan to‘liq jihozlangan “yashil” va “qizil” yo‘lak tizimi joriy etiladi.
2022-01-18T16:58+0500
2022-01-18T16:58+0500
2022-01-18T16:58+0500
yo‘l-patrul xizmati (ypx)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/0c/14521973_0:0:3073:1728_1920x0_80_0_0_646fb4aa6fd2a500a948eaad69d0617d.jpg
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. O‘zbekistondagi YPX postlarida "yashil" va "qizil" yo‘lak tizimi joriy etiladi. Ichki ishlar vazirligi muhokamaga qo‘ygan tegishli Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.Hujjatga ko‘ra, 2022-yil 1-martdan boshlab Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi “Chinor” va Namangan viloyati Pop tumanidagi “Namangan” yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan to‘liq jihozlangan “yashil” va “qizil” yo‘lak tizimi joriy etiladi. Bosqichma-bosqich respublikaning qolgan yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarida qo‘llaniladi.Toshkentda ekopolitsiya xizmati avtomobillari namoyish qilindiBundan tashqari, “RFID” (Radio chastotani identifikatsiyalash texnologiyasi)tizimi eksperiment tariqasida joriy etiladi. U transport oqimini hisoblash, tirbandliklarni oldini olish, qidiruvda bo‘lgan transport vositalarning harakatlanish yo‘nalishini aniqlash hamda transport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni masofadan uzatish imkoniyatini o‘z ichiga oladi.“RFID” tizimini Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kirish-chiqish joylaridagi yo‘l-patrul xizmati maskanlari, blokpostlarida o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/0c/14521973_125:0:2856:2048_1920x0_80_0_0_1cc7a1815f8f870cfa4319085a5faf56.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ypx postlari yashil qizil yo‘lak
ypx postlari yashil qizil yo‘lak
YPX postlarida “yashil” va “qizil” yo‘laklar paydo bo‘ladi
“Chinor” va “Namangan” yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarida “yashil” va “qizil” yo‘lak tizimi joriy etilishi kutilmoqda.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. O‘zbekistondagi YPX postlarida "yashil" va "qizil" yo‘lak tizimi joriy etiladi. Ichki ishlar vazirligi muhokamaga qo‘ygan tegishli Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida
ko‘zda tutilgan. Hujjatga ko‘ra, 2022-yil 1-martdan boshlab Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi “Chinor” va Namangan viloyati Pop tumanidagi “Namangan” yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan to‘liq jihozlangan “yashil” va “qizil” yo‘lak tizimi joriy etiladi. Bosqichma-bosqich respublikaning qolgan yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarida qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, “RFID” (Radio chastotani identifikatsiyalash texnologiyasi)tizimi eksperiment tariqasida joriy etiladi.
U transport oqimini hisoblash, tirbandliklarni oldini olish, qidiruvda bo‘lgan transport vositalarning harakatlanish yo‘nalishini aniqlash hamda transport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni masofadan uzatish imkoniyatini o‘z ichiga oladi.
“RFID” tizimini Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kirish-chiqish joylaridagi yo‘l-patrul xizmati maskanlari, blokpostlarida o‘rnatish rejalashtirilmoqda.