https://oz.sputniknews.uz/20220118/samarqandda-it-tanlov-golibiga-berilgan-eski-noutbuk-yangisiga-almashtirib-berildi-22257262.html
Samarqandda IT tanlovi g‘olibiga berilgan eski noutbuk yangisiga almashtirib berildi
Samarqandda IT tanlovi g‘olibiga berilgan eski noutbuk yangisiga almashtirib berildi
Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyatida IT tanlovi qatnashchisi nurobodlik Sardor Sattorovga berilgan eski noutbuk yangisiga almashtirib berildi.
2022-01-18T16:21+0500
2022-01-18T16:21+0500
2022-01-18T16:23+0500
jamiyat
samarqand
axborot texnologiyalari (it)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/12/22257217_0:38:800:488_1920x0_80_0_0_97be0ba026078fe36642e1e6abfd8c70.jpg
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Samarqand viloyatida IT tanlovi g‘olibi nurobodlik Sardor Sattorovga berilgan eski noutbuk yangisiga almashtirib berildi. Bu haqda IT Park matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, musobaqa viloyat hokimligi tomonidan Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan.2022 yilning 6-7 yanvar kunlari tanlovning shahar va tuman bosqichlari o‘tkazilib, uning yakuniga ko‘ra viloyat bosqichiga yo‘llanma olgan g‘oliblar aniqlangan. Viloyat bosqichida 180 nafar o‘quvchi qatnashgan. G‘oliblarga noutbuk, ikkinchi o‘rin sohiblariga planshet, uchinchi o‘rin egalariga esa mobil telefonlar sovg‘a qilingan.Shu bilan birga, shahar va viloyat bosqichlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham o‘tkazilib, birinchi o‘rin g‘olibiga noutbuk, ikkinchi o‘ringa smartfon, uchinchi o‘ringa esa elektron kitoblar topshirilgan.Tuman bosqichida g‘olib chiqqan Sattorovga endi yangi kompyuter sovg‘a qilingan. Shuningdek, IT Park delegatsiyasi yosh mutaxassislar bilan suhbatlashib, kelgusida faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga Python dasturlash tili va IT uchun ingliz tili bo‘yicha bepul kurslar taqdim etgan.Bundan tashqari, yosh iste’dod egalariga “Coursera” platformasida mavjud maxsus kursga bepul kirish imkoniyati berilib, ularga brend sovg‘alari ulashilgan.Xalq ta’limi vazirligi Nurobod tumanidagi 41-maktab 8-sinf o‘quvchisi Sardor Sattarovning "Bir million dasturchi" tanlovida foydalanilgan noutbuk berilgani to‘g‘risidagi videomurojaati ishchi guruh tomonidan o‘rganilayotganini ma’lum qilgan.Hozir bu voqea ortidan Nurobod tumani Xalq ta’limi bo‘limi ta’lim jarayoniga AKTni joriy etish sho‘’basi bosh mutaxassisi D.A.ishdan bo‘shatilgan. Bundan tashqari, Nurobod tumani hokimining farmoyishi bilan mazkur holatda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan hokim o‘rinbosari Navro‘zbek Jaloliddinovga hayfsan berilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/12/22257217_0:0:800:600_1920x0_80_0_0_ab3f73e187e222875d883d3f0a646758.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
samarqand sardor sattorov it it tanlovi noutbuk
samarqand sardor sattorov it it tanlovi noutbuk
Samarqandda IT tanlovi g‘olibiga berilgan eski noutbuk yangisiga almashtirib berildi
16:21 18.01.2022 (yangilandi: 16:23 18.01.2022) IT tanlovda g‘olib bo‘lgan o‘quvchiga eski noutbuk berilgani ortidan tuman XTB xodimi ishdan bo‘shatilib, tuman hokimi o‘rinbosariga hayfsan berildi.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Samarqand viloyatida
IT tanlovi g‘olibi nurobodlik Sardor Sattorovga berilgan eski noutbuk yangisiga almashtirib berildi. Bu haqda IT Park matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, musobaqa viloyat hokimligi tomonidan Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan.
2022 yilning 6-7 yanvar kunlari tanlovning shahar va tuman bosqichlari o‘tkazilib, uning yakuniga ko‘ra viloyat bosqichiga yo‘llanma olgan g‘oliblar aniqlangan. Viloyat bosqichida 180 nafar o‘quvchi qatnashgan. G‘oliblarga noutbuk, ikkinchi o‘rin sohiblariga planshet, uchinchi o‘rin egalariga esa mobil telefonlar sovg‘a qilingan.
Shu bilan birga, shahar va viloyat bosqichlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham o‘tkazilib, birinchi o‘rin g‘olibiga noutbuk, ikkinchi o‘ringa smartfon, uchinchi o‘ringa esa elektron kitoblar topshirilgan.
“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada aks etgan 15 yoshli Sardor Sattorov tanlovning tuman bosqichida g‘olib bo‘lib, viloyat bosqichiga yo‘l olgan, ammo sovrinli o‘rinni qo‘lga kirita olmagan. Tashkilotchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolik tufayli unga noutbuk o‘rniga smartfon sovg‘a qilingan”, — deyiladi xabarda.
Tuman bosqichida g‘olib chiqqan Sattorovga endi yangi kompyuter sovg‘a qilingan. Shuningdek, IT Park delegatsiyasi yosh mutaxassislar bilan suhbatlashib, kelgusida faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga Python dasturlash tili va IT uchun ingliz tili bo‘yicha bepul kurslar taqdim etgan.
Bundan tashqari, yosh iste’dod egalariga “Coursera” platformasida mavjud maxsus kursga bepul kirish imkoniyati berilib, ularga brend sovg‘alari ulashilgan.
Xalq ta’limi vazirligi Nurobod tumanidagi 41-maktab 8-sinf o‘quvchisi Sardor Sattarovning "Bir million dasturchi" tanlovida foydalanilgan noutbuk berilgani to‘g‘risidagi videomurojaati ishchi guruh tomonidan o‘rganilayotganini
ma’lum qilgan.
Hozir bu voqea ortidan Nurobod tumani Xalq ta’limi bo‘limi ta’lim jarayoniga AKTni joriy etish sho‘’basi bosh mutaxassisi D.A.ishdan
bo‘shatilgan. Bundan tashqari, Nurobod tumani hokimining farmoyishi bilan mazkur holatda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan hokim o‘rinbosari Navro‘zbek Jaloliddinovga hayfsan berilgan.