https://oz.sputniknews.uz/20220118/rossiyaga-migrantlarning-oqimi-kopayadi-medvedev-22261719.html
Rossiyaga migrantlarning oqimi ko‘payadi – Medvedev
Rossiyaga migrantlarning oqimi ko‘payadi – Medvedev
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaga migrantlarning oqimi ko‘payadi, shuning uchun migrantlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va hisobga olish bo‘yicha zamonaviy yagona tizimi zarur, deb aytdi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev.
2022-01-18T19:27+0500
2022-01-18T19:27+0500
2023-04-05T18:35+0500
rossiya
migrantlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/0b/20459235_0:0:3143:1768_1920x0_80_0_0_5915f009087e9ef88b10759507337fee.jpg
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Rossiyaga migrantlarning oqimi ko‘payadi, shuning uchun migrantlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va hisobga olish bo‘yicha zamonaviy yagona tizimi zarur, deb aytdi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev.Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, bularning barchasi migratsiya sohasidagi axborot infratuzilmasining darajasi yuqori bo‘lmaganligi bilan bog‘liq. "Asta-sekin, belgilangan muddatlarni buzgan holda, deyarli bir yil kechikib, migratsiya jarayonlarini davlat boshqaruvini kompleks axborotlashtirish strategiyasi loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Xorijiy fuqarolar va migratsiya oqimlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan yagona raqamli platforma hali ham mavjud emas. Bunday tizim nihoyatda muhim”, dedi u.Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya bilan bog‘liq cheklovlarga qaramay, mamlakatga migrantlar oqimi o‘sishda davom etadi."Migratsion hisobga olish sifati va uning ustidan davlat nazorati bo‘yicha jiddiy savollar mavjud. Prokuratura tekshiruvlari ko‘p holatlarda bu sohada jiddiy qonunbuzarliklarni aniqlamoqda. Odamlar har doim ham migratsiya sohasida belgilangan davlat xizmatlaridan, sifatli tibbiy yordamdan foydalana olmayapti. Arzon va huquqsiz xorijlik ishchi kuchini mamlakatimizga jalb etishdan foyda ko‘rayotgan ishbilarmonlar hamon bor", - dedi Medvedev.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/0b/20459235_130:0:2861:2048_1920x0_80_0_0_eb091fd86d2ef30c7c61a707df87affa.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiyaga migrantlarning oqimi ko‘payadi – medvedev
rossiyaga migrantlarning oqimi ko‘payadi – medvedev
Rossiyaga migrantlarning oqimi ko‘payadi – Medvedev
19:27 18.01.2022 (yangilandi: 18:35 05.04.2023) Rossiyaga migrantlarning oqimi ko‘payadi – Dmitriy Medvedev.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Rossiyaga migrantlarning oqimi ko‘payadi, shuning uchun migrantlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va hisobga olish bo‘yicha zamonaviy yagona tizimi zarur, deb aytdi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev.
“Bugun biz nafaqat o‘ylashimiz, balki ushbu sohada ma’lumotlarni to‘plash va hisobga olishning yagona tizimini qanday shakllantirishni hal qilishimiz kerak. Bu haqda tizim yangilanmayotgani uchun qotib qolib, qulashi mumkin, chunki tizim eski, unga pul ajratilmayapti, deb aytgandi Ichki ishlar vaziri. Va tabiiyki, bularning barchasi barcha toifadagi fuqarolarga – fuqarolarimizga ham, chet elliklarga ham ta’sir qilmoqda”, - dedi u migratsiya sohasida davlat boshqaruvi va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda.
Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, bularning barchasi migratsiya sohasidagi axborot infratuzilmasining darajasi yuqori bo‘lmaganligi bilan bog‘liq.
"Asta-sekin, belgilangan muddatlarni buzgan holda, deyarli bir yil kechikib, migratsiya jarayonlarini davlat boshqaruvini kompleks axborotlashtirish strategiyasi loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Xorijiy fuqarolar va migratsiya oqimlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan yagona raqamli platforma hali ham mavjud emas. Bunday tizim nihoyatda muhim”, dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya bilan bog‘liq cheklovlarga qaramay, mamlakatga migrantlar oqimi o‘sishda davom etadi.
"Migratsion hisobga olish sifati va uning ustidan davlat nazorati bo‘yicha jiddiy savollar mavjud. Prokuratura tekshiruvlari ko‘p holatlarda bu sohada jiddiy qonunbuzarliklarni aniqlamoqda. Odamlar har doim ham migratsiya sohasida belgilangan davlat xizmatlaridan, sifatli tibbiy yordamdan foydalana olmayapti. Arzon va huquqsiz xorijlik ishchi kuchini mamlakatimizga jalb etishdan foyda ko‘rayotgan ishbilarmonlar hamon bor", - dedi Medvedev.