Rossiyada “omikron” antitanachalarini aniqlaydigan test yaratildi

© Depositphotos / Val.suprunovichVirus Omicron v kolbe.
Virus Omicron v kolbe. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2022
Obuna bo‘lish
Bu yangi testni Gamaleya markazi mutaxassislari ishlab chiqishgan.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Rossiyalik olimlar koronavirusning omikron shtammini zararsizlantiradigan antitanachalarni aniqlaydigan test yaratishdi.
Test Rossiyaning Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan.

“Bizda “omikron” antitanachalarini aniqlaydigan test tizimi bor, biroq u hozir faqat markazimizda”, - dedi Gamaleya markazi direktori Aleksandr Ginsburg RIA Novosti bilan suhbatda.

Oldinroq Ginsburg o‘zi “omikron”ni yuqtirib olgani, ammo “Sputnik V” vaksinasi bilan emlangani bois kasallanmaganini ma’lum qilgan edi.
Buni aynan shu yangi test aniqlab bergan.
Omikronn shtammning keng tarqalgan alomati ma’lum bo‘ldi
Eslatib o‘tamiz, "Sputnik V" dunyoda koronavirusga qarshi yaratilgan birinchi vaksina. U 2020-yilning avgust oyida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Bugungi kunda Rossiyada yana bir necha vaksinalar yaratilgan va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan. Ular orasida Vektor markazining "EpiVakKorona", Chumakov markazining "KoviVak" hamda Gamaleya markazining "Sputnik Layt" va "Sputnik M" vaksinalari bor.
Rossiyada omikron shtammini darhol aniqlaydigan test yaratildi
Yangiliklar lentasi
0