Ronaldu qachon faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytdi

© Sputnik / Grigoriy SisoyevFutbolist Krishtianu Ronaldu
Futbolist Krishtianu Ronaldu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2022
Obuna bo‘lish
Portugaliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yana 4-5 yil fulbol o‘ynashni rejalashtirayotganini aytdi.
Portugaliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yana 4-5 yil fulbol o‘ynashni rejalashtirayotganini aytdi.
Dushanba kuni 36 yoshli portugaliyalik futbolchi Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) taqdirlash marosimida milliy terma jamoa safida gol urish bo‘yicha jahon rekordi uchun maxsus sovrinni qo‘lga kiritdi.

"Men yutuqlar bilan juda faxrlanmoqdaman. Bu FIFAning maxsus mukofoti, men bu tashkilotni juda hurmat qilaman. Oilamga ham minnatdorchilik aytishim kerak. Tez orada yana ota bo‘laman. Eng yaxshi to‘purar bo‘lish ajoyib. Men hali o‘ynash va gol urishga ishtiyoqim bor. Men besh yoshimdan beri futbol o‘ynayman. Maydonga chiqqanimda, mashg‘ulotlarda ham motivatsiyam saqlanib qoladi. Hatto 37 yoshimda ham o‘zimni yaxshi his qilaman, qattiq mehnat qilishda davom etaman. Men o‘yinni yaxshi ko‘raman va ishtiyoqni his qilaman. Men bundan keyin ham davom etishni xohlayman. Umid qilamanki, balki to‘rt yoki besh yil", - Ronalduning so‘zlarini keltiradi Daily Mail nashri.

Ronaldu klub darajasida Portugaliyaning “Sporting”, Angliyaning “Manchester Yunayted”, Ispaniyaning “Real”, Italiyaning “Yuventus” klublarida to‘p supgan. U 5 karra Chempionlar ligasi g‘olibi. Ronaldu avgust oyida “Manchester Yunayted”ga qaytdi.
Sentabr oyida Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatidagi 110-golini urib, terma jamoa uchun gollar soni bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi va Eronning sobiq hujumchisi Ali Dayeining yutug‘ini ortda qoldirdi.
Umumiy hisobda portugaliyalik futbotchining terma jamoasi safida 115ta to‘p kiritgan.
Yangiliklar lentasi
0