KXShT tinchlikparvarlar askarlari uyda qanday kutib olindi - video

Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda tinchlikparvar operatsiyasi amalga oshirish uchun, Rossiya harbiy havo kuchlari 15ta Il-76 va 3ta An-124 samolyotlaridan foydalangan edi.
TOShKENT, 18 yanv - Sputnik. Qozog‘istonda tinchlikparvarlik missiyasini yakunlab qaytib kelgan tinchlikparvar kuchlari Moskva viloyatidagi Chkalovskiy aerodromida non, tuz va orkestr sadolari ostida kutib olinmoqda.
KXShT tinchlikparvar kuchlari Qozog‘istonda ommaviy tartibsizliklar boshlanganidan so‘ng, prezident Qosim-Jomart Toqayev taklifiga binoan kiritilgan edi. Respublikada konstitutsiyaviy tartib o‘rnatilganidan so‘ng prezident KXShT qo‘shinlari qisqa vaqt ichida olib chiqilishini e’lon qilgan edi.
Ma’lumot uchun, 15-yanvar shanba kuni KXShT tinchlikparvar kuchlari tarkibida ishtirok etgan Rossiya harbiylari Qozog‘istondan 10ta samolyotda Ivanovo viloyatidagi “Severniy” aerodromiga qaytib kelgani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda yangi yil bayramidan so‘ng suyultirilgan gaz narxi oshishiga qarshi ommaviy noroziliklar boshlangan edi. Dastlab mamlakat shimoli g‘arbida boshlangan tinch namoyishlar mamlakat janubida ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketgan edi. Namoyishchilar siyosiy talablar qo‘yish, hukumat binolariga o‘t qo‘yish va magazinlarni talon-taroj qilishni boshlagan edi.
Yangiliklar lentasi
0