Sherzod Kudbiyev migrantlar uchun daromad solig‘i haqidagi gaplarga fikr bildirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSherzod Kudbiyev
Sherzod Kudbiyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2022
Obuna bo‘lish
Davlat soliq qo‘mitasi rahbari migrantlarni soliqqa tortishga qat’iyan qarshiligini aytdi.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Davlat soliq qo‘mitasi (DSQ) rahbari Sherzod Kudbiyev mehnat migrantlari uchun daromad solig‘i joriy etish qanchalik maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi savolga javob berdi.

Men bunga qat’iyan qarshiman. Mehnat vazirligining sobiq rahbari sifatida men ular (migrantlar – Sputnik) mamlakat iqtisodiyotiga qanday yordam ko‘rsatishayotganini yaxshi bilaman.

Glava Ministerstva zanyatosti i trudovix otnosheniy Sherzod Kudbiyev - Sputnik O‘zbekiston
Sherzod Kudbiyev
Davlat soliq qo‘mitasi rahbari
Kudbiyev migrantlarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishni taklif qildi. Agar mehnat staji yozilishi va pensiya olishni istashsa, bir yil uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarida to‘lovni amalga oshirishlari kifoya.
O‘zbekiston migrantlarining pul jo‘natmalari yanada ko‘paydi
2021 yil oktabrida O‘zbekiston prezidentligiga nomzod, "Milliy tiklanish" partiyasi raisi Alisher Qodirov chet elda ishlayotgan vatandoshlar uchun daromad solig‘ini joriy etishni taklif qilgan edi.
"Mamlakatning taraqqiyoti uchun soliqlarning o‘rni juda muhim. Nima uchun bizda migrantlar xorijda ishlab topgan daromadidan soliq to‘lamasligi kerak? O‘zbekistonning taraqqiyoti uchun, kelinglar, soliq to‘laylik", — degandi Qodirov.
O‘shanda prezidentlikka nomzod bo‘lgan Shavkat Mirziyoyev, u rahbar bo‘lsa, migrantlar hech qachon soliqqa tortilmasligini aytgandi. Aksincha, ularga O‘zbekistonda sharoit yaratib berishga harakat qilish kerak.
DSQ Alisher Qodirovning migrantlardan soliq undirish taklifi bo‘yicha javob berdi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida uzoq vaqtdan beri ikki tomonlama soliqqa tortishni istisno qilish to‘g‘risidagi bir qancha shartnomalar amal qilmoqda.
Bundan tashqari, mamlakatlar chet elga chiqayotgan fuqarolar uchun qulay ish sharoitlarini yaratish maqsadida bu sohada hamkorlikni faol rivojlantirmoqda. Masalan, migrantlar ishga joylashish xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya miqdori ko‘paytiriladi.
Yangiliklar lentasi
0