https://oz.sputniknews.uz/20220117/qahvaning-kutilmagan-xavfi-malum-boldi-22210016.html
Qahvaning kutilmagan xavfi ma’lum bo‘ldi
Qahvaning kutilmagan xavfi ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Kuniga olti chashkadan ortiq ichilgan qahva miyaning qarishi va demensiya kasalligi rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
2022-01-17T06:15+0500
2022-01-17T06:15+0500
2022-01-17T06:15+0500
jamiyat
shifokorlar tavsiyasi
qahva
foydali
sog‘liq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/13/16044349_0:100:1921:1180_1920x0_80_0_0_6e6d6daa10969d5568438d6ee4aedc0a.jpg
TOShKENT, 15 yanv - Sputnik. Spirtli ichimliklar, shakarli ichimliklar va qahvani suiiste’mol qilish miya shikastlanishiga va kognitiv buzilishlarga olib kelishi mumkin. Bu haqda amerikalik diyetologlarga asoslanib, Eat This, Not That! portali xabar bermoqda.Qahvani ham meyorida ichish juda muhimdir. Kam miqdorda kofein kognitiv funksiyalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, lekin uni haddan tashqari iste’mol qilish - qarama-qarshi natijaga olib keladi. Kuniga olti chashkadan ortiq ichilgan qahva miyaning qisqarishiga va demensiya kasalligi rivojlanishiga olib kelishi mumkin.Ko‘p miqdorda shakar bo‘lgan ichimliklar ham miya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.Avvalroq shakar miya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va uning tarkibida yuqori bo‘lgan ichimliklar miya faoliyatini buzishi, vaqt o‘tishi bilan prefrontal korteksning pasayishiga olib kelishi ma’lum bo‘lgan edi. Agar odam kuniga bir yoki ikki stakan shakarli ichimliklar ichsa, uning miyasi 5,8 yoshga, ikki stakandan ortiq bo‘lsa - 11 yoshga qariydi.Demensiya - bu orttirilgan kasallik bo‘lib, ilgari olingan bilim va amaliy ko‘nikmalarning ma’lum darajada yo‘qolishi bilan kognitiv faollikning doimiy pasayishiga olib keladi. Ko‘pincha bu holat keksalikda sodir bo‘ladi. Dunyo bo‘ylab har yili o‘n millionga yaqin kishi demensiyaga chalinadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/13/16044349_106:0:1813:1280_1920x0_80_0_0_9a608db8b707021d1ba08bb654f5907f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
meyor qahva miya qarishi demensiya kasallik
meyor qahva miya qarishi demensiya kasallik
Qahvaning kutilmagan xavfi ma’lum bo‘ldi
Kuniga olti chashkadan ortiq ichilgan qahva miyaning qarishi va demensiya kasalligi rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
TOShKENT, 15 yanv - Sputnik. Spirtli ichimliklar, shakarli ichimliklar va qahvani suiiste’mol qilish miya shikastlanishiga va kognitiv buzilishlarga olib kelishi mumkin. Bu haqda amerikalik diyetologlarga asoslanib,
Eat This, Not That! portali xabar bermoqda.
"Ko‘p miqdorda spirtli ichimliklar miya neyronlarini tezda o‘ldiradi, shuning uchun muntazam ichish unga jiddiy zarar etkazishi mumkin", - deya ogohlantiradi mutaxassislar.
Qahvani ham meyorida ichish juda muhimdir. Kam miqdorda kofein kognitiv funksiyalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, lekin uni haddan tashqari iste’mol qilish - qarama-qarshi natijaga olib keladi. Kuniga olti chashkadan ortiq ichilgan qahva miyaning qisqarishiga va demensiya kasalligi rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Ko‘p miqdorda shakar bo‘lgan ichimliklar ham miya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Avvalroq shakar miya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va uning tarkibida yuqori bo‘lgan ichimliklar miya faoliyatini buzishi, vaqt o‘tishi bilan prefrontal korteksning pasayishiga olib kelishi ma’lum bo‘lgan edi. Agar odam kuniga bir yoki ikki stakan shakarli ichimliklar ichsa, uning miyasi 5,8 yoshga, ikki stakandan ortiq bo‘lsa - 11 yoshga qariydi.
Demensiya - bu orttirilgan kasallik bo‘lib, ilgari olingan bilim va amaliy ko‘nikmalarning ma’lum darajada yo‘qolishi bilan kognitiv faollikning doimiy pasayishiga olib keladi. Ko‘pincha bu holat keksalikda sodir bo‘ladi. Dunyo bo‘ylab har yili o‘n millionga yaqin kishi demensiyaga chalinadi.