O‘zbekiston bog‘chalarida rus tilini o‘rgatish bo‘yicha yangi metodika joriy etiladi – foto
© SputnikV detsadax Uzbekistana nachnut izuchat russkiy yazik kak inostranniy
© Sputnik
Obuna bo‘lish
Pedagoglarga Toshkentdagi Rossiya fan va madaniyat markazining (Rossotrudnichestvo) “Zerikarli bo‘lmagan bolalar bog‘chasi” navbatdagi ta’lim loyihasi taqdim etildi.
TOShKENT, 17 yanv – Sputnik. Respublika bog‘chalarida ikkita chet tili - rus va ingliz tillari o‘qitiladi. Aksariyat ota-onalar farzandlarining rus tilini chet tili sifatida o‘rganishlarini xohlaydi. Biroq pedagoglar uchun aniq ta’lim usullari va qo‘llanmalari hali mavjud emas.
Bu haqida bog‘chalarda rus tilini chet tili sifatida o‘rgatuvchi o‘qituvchilar va uslubiy birlashma rahbarlari uchun o‘tkazilgan o‘quv seminarida so‘z bordi. Yig‘ilish Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida bo‘lib o‘tdi.
© SputnikV detsadax Uzbekistana nachnut izuchat russkiy yazik kak inostranniy
V detsadax Uzbekistana nachnut izuchat russkiy yazik kak inostranniy
© Sputnik
Bundan tashqari, pedagoglarga Toshkentdagi Rossiya fan va madaniyat markazining yana bir ta’lim loyihasi – "Zerikarli bo‘lmagan bolalar bog‘chasi" taqdim etildi. Bu yerda maktabgacha yoshdagi bolalarga rus tili o‘yin ko‘rinishida o‘rgatiladi. Shunda mashg‘ulotlar qiziqarli o‘tishi aytilmoqda. Loyihani yaratishda Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi ham ishtirok etadi.
Bizning maqsadimiz o‘qituvchilarga o‘z uslubiy ko‘nikmalarini boyitishga yordam berish, chunki bu masalada ma’lum bir bo‘shliqlar bor. Bundan tashqari, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun rus tilini chet tili sifatida o‘qitishning yangi usullari, yondashuvlari haqida so‘zlab berish kerak.
Ota-onalar tanlovi bilan
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun rus tilini chet tili sifatida o‘rgatish bo‘yicha usul va qo‘llanmalar mavjud emas. Biroq, bunga ehtiyoj bor. Aksariyat ota-onalar farzandining rus tilini o‘rganishini istaydi.
© SputnikV detsadax Uzbekistana nachnut izuchat russkiy yazik kak inostranniy
V detsadax Uzbekistana nachnut izuchat russkiy yazik kak inostranniy
© Sputnik
“Toshkent viloyati hududidagi bolalar bog‘chalarida rus yoki ingliz tili o‘qituvchisi uchun aniq shtat o‘rni yo‘q. Chet tili o‘qituvchisi shtatlari bor. Ko‘pchilik ota-onalar qaysi tilni tanlashiga qarab, farzandlar ham o‘sha tilni o‘rganishadi. Ota-onalarning qariyb 80 foizi chet tili sifatida rus tilini afzal ko‘radi”, — deydi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining Toshkent viloyati xodimi Zarina Rahimova.
Qanday o‘qitish kerak
Rahimovaning so‘zlariga ko‘ra, agentlik Rossiya fan va madaniyat markazi bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Xususan, Toshkent viloyatidan kelgan o‘qituvchilar har oy metodik mahorat maktablarida tahsil olishmoqda. Bu ularga, masalan, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o‘z tarqatma materiallarni ishlab chiqishga yordam beradi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri rus tilini chet tili sifatida o‘qitish metodikasida vaziyat murakkabroq. Bu haqda viloyatdagi bog‘cha tarbiyachilari ham so‘z yuritdilar. Loyiha taqdimoti chog‘ida ular Rossiya fan va madaniyat markaziga o‘quv kurslarini tashkil etish iltimosi bilan murojaat qilishdi.
© SputnikV detsadax Uzbekistana nachnut izuchat russkiy yazik kak inostranniy
V detsadax Uzbekistana nachnut izuchat russkiy yazik kak inostranniy
© Sputnik
Agentlik xodimining ta’kidlashicha, bolalar bog‘chalari uchun rus tilini chet tili sifatida o‘rgatish uslublarini joriy etish taraqqiyotning yangi bosqichi hisoblanadi. Yangi narsani boshlash esa har doim qiyin, deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.
"Eng muhimi, pedagoglarimiz bu qiyinchilikda yolg‘iz qolmaydi. Shu sabab biz rossiyalik hamkasblarimizning qo‘llab-quvvatlashiga chin dildan umid qilamiz", - deydi Rahimova.
Ruscha so‘zlashamiz
Maktabgacha ta’lim vazirligi ham pedagoglarni qo‘llab-quvvatlamoqchi. Vazirlik qoshidagi metodik ta’minot innovatsion markazi mutaxassislari tomonidan maktabgacha ta’lim tarbiyachilari uchun "Biz rus tilida gaplashamiz" nomli bo‘limli dastur (asosiy ta’limga qo‘shimcha sifatida) ishlab chiqilgan. Bu haqda Sputnik muxbiriga Toshkent viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilafro‘z Mahmudova ma’lum qildi.
"Dastur katta tayyorgarlik guruhlari bolalari uchun mo‘ljallangan. U yangi o‘quv yilidan sinov shaklida joriy etiladi", - deydi u.
Agar tajriba muvaffaqiyatli chiqsa, yaqin kelajakda mamlakatning barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida rus tili chet tili sifatida yangi samarali metodika asosida o‘rgatiladi.