Minsk aeroportida UzAirways camoloti uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPovsednevnaya jizn
Povsednevnaya jizn - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2022
Obuna bo‘lish
Minsk aeroportida UzAirways camoloti uchish-qo‘nish yo‘lagidan tashqariga chiqib ketdi.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Minsk aeroportida UzAirways camoloti uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi.
SPUTNIK Belarus xabariga ko‘ra, bunga kuchli qor yog‘ishi va qor bo‘roni sabab bo‘lgan: “Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasining Airbus A-320 samolyoti Toshkent-Minsk reysi bo‘yicha qo‘ngan, biroq boshqaruv vaqtida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi.
Samolyot bortida 115 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jarohatlanganlar yo‘q, samolyotga shikast yetmadi.
Milliy aviakompaniya holat yuzasidan bayonot berdi.
“17 yanvar kuni Toshkent-Minsk yo‘nalishidagi HY-709 qatnovni amalga oshirgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga tegishli Airbus A-320 havo kemasi kuchli qor yog‘ishi va qor bo‘roni vaqtida 13:35 (Toshkent vaqti bilan) Minsk Milliy aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Biroq, havo kemasi boshqaruv vaqtida uchish-qo‘nish yo‘lagidan tashqariga chiqib ketdi.
Favqulodda vaziyat vaqtida havo kemasi sahnida 11 nafar ekipaj a’zolari va 115 yo‘lovchi bo‘lib, ular orasida zarar ko‘rganlar yo‘q. Hodisa natijasida havo kemasi zarar ko‘rmagan”, - deyilgan aviakompaniya xabarida.
Yangiliklar lentasi
0