Avstraliya “Sputnik V” bilan emlanganlarning mamlakatga kirishiga ruxsat berdi

© AFP 2023 / KIRILL KUDRYAVTSEVRossiyskaya vaksina "Sputnik V"
Rossiyskaya vaksina Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2022
Obuna bo‘lish
Endi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi bilan emlangan chet elliklar Avstraliyaga kirishlari mumkin.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Avstraliya hukumati koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi bilan emlangan chet elliklarning mamlakatga kirishiga ijozat berdi.Bu hamda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

“Agar Dori vositalari boshqarmasi (TGA) tomonidan ma’qullangan yoki tan olingan vaksina, jumladan <...> Gamaleya ilmiy-tadqiqot markazining “Sputnik V” preparati bilan emlangan bo‘lsangiz, siz Avstraliyaga safar qilish uchun to‘liq emlangan hisoblanasiz”, - deyilgan xabarda.

Rossiya vaksinasi tan olish to‘g‘risidagi qaror milliy farmatsevtika tartibga soluvchisi tavsiyasi asosida qabul qilingan.
"Sputnik V" bilan emlanganlanlar "omikron"ni sezmay o‘tkazadi - Ginsburg
Olingan ma’lumotlar ko‘ra, “Sputnik V” ikkita dozasi koronavirusga qarshi 89 foizdan kam bo‘lmagan samaradorligi tasdiqlangan. Vaksina 98-100 foiz kasallikning og‘ir oqibatlari va o‘limga qarshi samarali.
Yangiliklar lentasi
0