Xususiy tibbiyot muassasalariga qator soliq imtiyozlari berildi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishStudentka na zanyatii v meditsinskom universitete
Studentka na zanyatii v meditsinskom universitete - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.01.2022
Obuna bo‘lish
Sanatoriy-kurort, sog‘lomlashtirish xizmatlarini, jismoniy tarbiya va sportga doir xizmatlarni realizatsiya qilish aylanma soliq solishdan ozod etilgan.
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda xususiy tibbiyot muassasalariga qator soliq imtiyozlari joriy qilindi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
2021 yil 29-dekabrda Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun bilan tibbiyot muassasalari tibbiy xizmatlarni (bundan kosmetologik xizmatlar mustasno) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma soliq solishdan ozod etilgan.
Tibbiy xizmatlar jumlasiga tibbiy yordam va sanitariya xizmati ko‘rsatishga doir tashxis qo‘yish, profilaktika va davolash bo‘yicha xizmatlar, stomatologik, shu jumladan, tishlarni protezlash bo‘yicha xizmatlar kirishi belgilangan. Sanatoriy-kurort, sog‘lomlashtirish xizmatlarini, jismoniy tarbiya va sportga doir xizmatlarni realizatsiya qilish aylanma soliq solishdan ozod etilgan.
Sanatoriy-kurort va sog‘lomlashtirish xizmatlari jumlasiga sanatoriylar, shifoxonalar, profilaktoriylar, kurortlar, pansionatlar, dam olish uylari va zonalari, bolalar dam olish oromgohlari kirishi belgilangan.
Tegishli litsenziya asosida tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar bo‘yicha, xususan:
tibbiy yordam xizmatlari va sanitariya xizmatlari ko‘rsatish;
tashxis qo‘yish;
profilaktika va davolash xizmatlari;
stomatologik xizmatlar;
tish protezlarini o‘rnatish xizmatlari bo‘yicha (bundan kosmetologiya xizmatlari mustasno) foyda solig‘iga 0 foiz stavka qo‘llanilishi belgilangan.
Shuningdek, sog‘liqni saqlash obyektlari egallagan yerlar (bundan turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort obyektlari band qilgan yerlar mustasno) soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga kiradi.
CCV arkaziy apparati xodimlarining 40 % o‘z vazifasidan ozod etildi
Yangiliklar lentasi
0