Velosiped va 100 mln so‘m: piyoda yurganlarni rag‘batlantirishning yangi tizimi joriy qilinmoqda

© Pexels/Andrea Piacquadio Xodba
Xodba  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.01.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda kuniga 10 ming qadam yurganlarga 3 ming so‘mdan berish to‘xtatildi. Uning o‘rniga loteriyali yutuq o‘ynaladi.
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. “Sog‘lom turmush tarzi” (www.1hls.uz) platformasida kuniga 10 ming qadam yurgan fuqarolarni rag‘batlantirishning yangi tizimi joriy qilinmoqda. Bu haqda Turizm va sport vazirligi ma’lum qildi.
Platforma foydalanuvchilarini yanada ko‘proq rag‘batlantish maqsadida har hafta bitta 100 million so‘m miqdorida pul mukofoti va mingta velosiped o‘ynaladi.
Shaffoflik va xolislikni ta’minlash maqsadida jamoatchilik faollari, IT-mutaxassislari, jurnalist va blogerlardan iborat Jamoatchilik nazorati kengashi tashkil etiladi hamda barcha jarayonlar ustidan qat’iy nazorat olib boriladi.
Ko‘p piyoda yurganlarga pul endi kimning hisobidan to‘lab beriladi?
Yangi rag‘batlantirish tizimi ishga tushgani munosabati bilan 2022-yil 16-yanvardan boshlab kuniga 10 ming qadam yurganlarga 3 ming so‘m berish to‘xtatiladi.
Lekin 15-yanvargacha 1hls.uz platformasida 10 ming qadam yurgan barcha fuqarolarga pullar to‘liq to‘lab berilishi aytilmoqda.
Ko‘p piyoda yurganlarga 43,5 milliard so‘m to‘lab berildi
Yangiliklar lentasi
0