Turkmaniston hukumat delegatsiyasi Toshkentga keladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaFlagi Uzbekistana va Turkmenistana
Flagi Uzbekistana va Turkmenistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.01.2022
Obuna bo‘lish
Tashrifdan maqsad ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, siyosiy va diplomatik aloqalarning asosiy yo‘nalishlari bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishdan iborat.
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Turkmaniston Vazirlar mahkamasi raisining o‘rinbosari Serdar Berdimuhamedov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keladi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda
Turkmaniston davlat axborot agentligi xabariga ko‘ra, tashrifdan maqsad Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, siyosiy va diplomatik aloqalarning asosiy yo‘nalishlari bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish, shuningdek, ishchi uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishdan iborat.
Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
Turkmaniston rahbari O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmini oshirish, shuningdek, ikki mamlakat xo‘jalik subyektlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli sheriklik munosabatlarini kengaytirish, qo‘shma savdo markazi - "Turkmaniston – O‘zbekiston" chegara savdo zonasini tashkil etish va uning faoliyatini tartibga solish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimlarni ratifikatsiya qildi.
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi uch baravarga oshdi
10 yanvar kuni tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov turkmanistonlik Rashid Meredov bilan telefon orqali muloqot qilgan edi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sherikligining hozirgi holati va aloqalarni har tomonlama rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Yangiliklar lentasi
0