https://oz.sputniknews.uz/20220116/toshkent-koronavirus-22219521.html
Bir kunda Toshkentga uchib kelgan 67 kishida koronavirus aniqlandi – SSV
Bir kunda Toshkentga uchib kelgan 67 kishida koronavirus aniqlandi – SSV
Sputnik O‘zbekiston
Shu yil 15-yanvar kuni Toshkent shahriga uchib kelgan 3 801 kishi koronavirusga test topshirgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) matbuot xizmati xabar bermoqda.
2022-01-16T19:35+0500
2022-01-16T19:35+0500
2022-01-16T19:35+0500
jamiyat
covid-19 umumjahon pandemiyasi
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/10/22219496_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_18e858a563fbfbd114418c7c561df5e4.jpg
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Shu yil 15-yanvar kuni Toshkent shahriga uchib kelgan 3 801 kishi koronavirusga test topshirgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) matbuot xizmati xabar bermoqda.Mamlakatdagi barcha chegara punktlari orqali shu kuni 15 041 nafar fuqaro o‘tgan. Ulardan 151 nafarining koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqan.Kasallik aniqlangan fuqarolar holatiga ko‘ra uy sharoitida yoki shifoxonada davolanishga yo‘naltirildi. Uy sharoitida davolanishi kerak bo‘lgani uchun har bir fuqaroga aeroportning o‘zida bepul 4 xildagi dori-darmon berilmoqda.SSV xabarida yozilishicha, PZR test topshirgan insonlarda ham virus aniqlanmoqda. Bu esa kasallik yanada “ayyorlashib”, yashirin ko‘rinishga kirib borayotganidan dalolat.Vazirlik mamlakat aeroportlarida belgilangan ekspress test narxi (5 dollar) dunyo ko‘rsatkichlariga nisbatan eng arzon narxlardan ekanini bildirgan.O‘zbekiston aeroportlarida majburiy ekspress-test joriy etilmoqdaShuningdek, test topshirish jarayonida talabalik guvohnomasini taqdim etgan talabalarga 50 foiz chegirma beriladi. I va II guruh nogironligi bor shaxslar uchun testlar bepul. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalardan test olinmaydi. Bu tadbirlardan maqsad aholining salomatligini saqlash ishlarini samarali tashkil etishdir.Ta’kidlanishicha, vaqtincha joriy etilgan bu tartib koronavirus yuqtirib olganlarni zudlik bilan aniqlash, davolash va infeksiya tarqalishining oldini olishga xizmat qiladi.Toshkentda 12 ta maxsus COVID poliklinikalar ishga tushdiKuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent xalqaro aeroportida koronavirusga test topshirishda fuqarolarning noroziligi aks etgan video tarqalgan edi.O‘zbek-tojik chegarasida “omikron” sabab nazorat kuchaytirilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/10/22219496_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_1c8ff3a4c63c0c8ca0c4cffe02e738cd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent aeroportda test topshirish
toshkent aeroportda test topshirish
Bir kunda Toshkentga uchib kelgan 67 kishida koronavirus aniqlandi – SSV
15 yanvar kuni O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tgan 151 kishining koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqan.
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Shu yil 15-yanvar kuni Toshkent shahriga uchib kelgan 3 801 kishi koronavirusga test topshirgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Ularning barchasida manfiy PZR testi bo‘lganligiga qaramasdan 67 nafarida musbat natija aniqlangan”, - deyilgan xabarda.
Mamlakatdagi barcha chegara punktlari orqali shu kuni 15 041 nafar fuqaro o‘tgan. Ulardan 151 nafarining koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqan.
Kasallik aniqlangan fuqarolar holatiga ko‘ra uy sharoitida yoki shifoxonada davolanishga yo‘naltirildi. Uy sharoitida davolanishi kerak bo‘lgani uchun har bir fuqaroga aeroportning o‘zida bepul 4 xildagi dori-darmon berilmoqda.
SSV xabarida yozilishicha, PZR test topshirgan insonlarda ham virus aniqlanmoqda. Bu esa kasallik yanada “ayyorlashib”, yashirin ko‘rinishga kirib borayotganidan dalolat.
“Bunday holatda yurtimizga kirib keluvchi har bir fuqaroni koronavirusga ekspress-antigen test topshirtirib qabul qilish eng to‘g‘ri yo‘ldir”, - deyiladi xabarda.
Vazirlik mamlakat aeroportlarida belgilangan ekspress test narxi (5 dollar) dunyo ko‘rsatkichlariga nisbatan eng arzon narxlardan ekanini bildirgan.
Shuningdek, test topshirish jarayonida talabalik guvohnomasini taqdim etgan talabalarga 50 foiz chegirma beriladi. I va II guruh nogironligi bor shaxslar uchun testlar bepul. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalardan test olinmaydi. Bu tadbirlardan maqsad aholining salomatligini saqlash ishlarini samarali tashkil etishdir.
Ta’kidlanishicha, vaqtincha joriy etilgan bu tartib koronavirus yuqtirib olganlarni zudlik bilan aniqlash, davolash va infeksiya tarqalishining oldini olishga xizmat qiladi.
“Shuning uchun, yurtdoshlarimizdan mazkur chora-tadbirlarni to‘g‘ri qabul qilib, o‘z fuqarolik burchini anglab, mamlakatimiz hududida koronavirus pandemiyasining yangi to‘lqini ko‘tarilmasligi uchun shaxsan hissa qo‘shishlarini so‘rab qolamiz”, -
deya xulosa qilgan vazirlik.
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent xalqaro aeroportida koronavirusga test topshirishda fuqarolarning noroziligi aks etgan video tarqalgan edi.