Samarqandda “Jihodchilar” va “Hizb ut-Tahrir”* targ‘ibchilari qo‘lga olindi

© Depositphotos / Alexander RathsMolodoy chelovek v naruchnikax
Molodoy chelovek v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.01.2022
Obuna bo‘lish
Ishtixonlik erkak "Hizb ut-Tahrir"* ekstremistik oqimning Qirg‘izistondagi rahnamosi bilan aloqada bo‘lib kelgan.
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Samarqand viloyatida "Hizb ut-Tahrir"* va "Jihodchilar"* ekstremistik oqimlarining g‘oyalarini targ‘ib qilgan shaxslar ushlandi.
Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi hamda ichki ishlar idoralari xodimlari hamkorligida tadbir o‘tkazilgan. Ishtixonlik 34 yoshli R.M. "Hizb ut-Tahrir"* ekstremistik oqimning Qirg‘izistondagi rahnamosi bilan aloqada bo‘lgani aniqlangan.
“Turkiston islom harakati”* a’zosi O‘zbekistonga olib kelindi
Qayd etilishicha, R.M. uning ko‘rsatmasi bilan tashkilot g‘oyalarini internet orqali targ‘ib qilgan va ishga aloqador ashyoviy dalillar xolislar ishtirokida olib qo‘yilgan.
Shu bilan birga, Oqdaryo tumani Loyish shaharchasida yashovchi 32 yoshli B.J. hamda urgutlik 36 yoshli X.S. "Jihodchilar"* oqimi rahnamolarining ekstremistik mazmundagi materiallarini ijtimoiy tarmoqda virtual do‘stlariga tarqatib kelgani aniqlanib, qo‘lga olindi.
Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Rossiyada “jihod” g‘oyalarini targ‘ib qilishda gumon qilingan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
* Taqiqlangan tashkilotlar
Yangiliklar lentasi
0