O‘zbek-tojik chegarasida “omikron” sabab nazorat kuchaytirilmoqda

© © Sputnik / Amir IsayevKPP "Ravot" na granitse Tadjikistana i Uzbekistana v gorode Kanibadam, arxivnoe foto
KPP Ravot na granitse Tadjikistana i Uzbekistana v gorode Kanibadam, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.01.2022
Obuna bo‘lish
So‘g‘d viloyati sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbari o‘rinbosari O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida nazorat kuchaytirilganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusning omikron shtammi aniqlangani tufayli o‘zbek-tojik chegarasidagi nazorat kuchaytirilmoqda. Bu haqda Tojikistonning So‘g‘d viloyati sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbari o‘rinbosari Majnun Oripov ma’lum qildi.
U endi O‘zbekiston hududiga kirayotgan har bir kishi koronavirusga PZR testini topshirishi shartligini qayd etgan.

“Hozirgi kunda Konibodamdagi “Patar”, Mastchoh tumanidagi “Fotehobod”, Panjakentdagi “Sarazm” hamda Xo‘jand xalqaro aeroportida tibbiyot xodimlari kechayu kunduz navbatchilik qilmoqda” - deydi Oripov Sputnik Tojikiston bilan suhbatda.

O‘zbek-qozoq chegarasida "omikron" tufayli cheklovlar joriy etiladi
Eslatib o‘tamiz, 9-yanvar kuni O‘zbekistonga koronavirusning omikron shtammi kirib kelgani rasman ma’lum qilindi. Shu munosabat bilan respublikada ehtiyot choralari kuchaytiriladi. Xususan, orijiy davlatlardan O‘zbekistonga tashrif buyuruvchilar kelishidan kamida 48 soat oldin topshirilgan PZR test manfiy natijasiga ega bo‘lishi yoki aeroport, temir yo‘l vokzallari va chegara o‘tkazish punktlarida ekspress test topshirishi shart.
Bundan tashqari, 15-yanvardan O‘zbekistonga kelgan barcha yo‘lovchilar aeroportlarda majburiy ekspress testdan o‘tkaziladi. Test narxi - 5 dollar.
Yangiliklar lentasi
0