Maram Tillayeva ilk bor bobosi Islom Karimovning qabrini ziyorat qildi – foto

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMavzoley Islama Karimova
Mavzoley Islama Karimova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.01.2022
Obuna bo‘lish
Islom Karimovning nabiralari Samarqandga kelib, uning qabriga gul qo‘yishdi.
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning nabirasi Maram Tillayeva Samarqandga safari chog‘ida bobosining qabrini ziyorat qildi. Bu haqda u o‘zining Instagram’dagi sahifasida yozdi.
Maram bobosining qabrini ilk bor ziyorat qilayotganini, buni anchadan beri niyat qilganini yozgan.
“Anchadan buyon Samarqandga kelib, bobomni ko‘rishni xohlardim. U eng mehribon bobo edi va hozir uning o‘rni menga juda ham bilinyapti. Bu safar men uchun ko‘p narsani anglatadi, chunki bir necha kundan keyin bobomning tug‘ilgan kuni bo‘lishi kerak”, - deya yozgan u.
Maram bobosining qabrini xolavachchasi Gulnora Karimovaning qizi Imon bilan birgalikda ziyorat qilgan.
Maram Tillayeva Islom Karimovning kichik qizi Lola Karimova-Tillayevaning qizi. Maram bir necha yillardan buyon Amerikada yashab keladi.
Yangiliklar lentasi
0