https://oz.sputniknews.uz/20220116/covid-19ning-noodatiy-alomati-malum-boldi-22202199.html
COVID-19ning noodatiy alomati ma’lum bo‘ldi
COVID-19ning noodatiy alomati ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
COVID-19 pandemiyasi rivojlangani sari ilmiy jurnallarda kasallikning noodatiy alomatlari haqida maqolalar chop etilmoqda.
2022-01-16T06:00+0500
2022-01-16T06:00+0500
2022-01-16T06:00+0500
jamiyat
covid-19 umumjahon pandemiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/1c/18967031_0:175:2809:1755_1920x0_80_0_0_0c2d38e01a8d07da604966ac52008042.jpg
Tatyana Pichugina. COVID-19 pandemiyasi rivojlangani sari ilmiy jurnallarda kasallikning noodatiy alomatlari haqida maqolalar chop etilmoqda. Ulardan biri bir necha kun davom etadigan hiqichoqdir. Bu virusli infeksiya bilan qanday bog‘liq – batafsil materialda o‘qingHiqichoq shifoxonagacha olib kelganAQShning Kuk okrugi klinikasiga 62 yoshli erkak 4 kun davom etgan hiqichoqdan shikoyat qilib kelgan. Bundan tashqari, u so‘nggi oylarda juda ko‘p vazn yo‘qotgan. Biroz ko‘tarilgan haroratni hisoblamaganda, boshqa shamollash alomatlari kuzatilmagan. Shifokorlar unda o‘simta bor-yo‘qligini tekshirish maqsadida ko‘krak qafasini rentgendan o‘tkazishgan, ammo o‘pkada o‘simta emas, balki shishasimon shaffoflikni topilgan, bu esa virusli pnevmoniyaning odatiy belgisidir.Tadqiqotlar bemorda koronavirus borligini ko‘rsatdi. Bemorni tezda tuzatishdi. Shifokorlar ushbu holatni maqolada yozib chiqishdi va koronavirus infeksiyasining hiqichoq kabi alomatining ahamiyatini ta’kidladiladi.2020 yil noyabr oyida Misrdagi Qohira universiteti olimlari hiqichoq, isitma va tomoq og‘rig‘i bilan kasalxonaga yotqizilgan 48 yoshli erkak haqida xabar berishdi. U bir hafta davomida kasal bo‘lgan. O‘pka kompyuter tomografiyasi va PSR testlariga ko‘ra, unga koronavirus tashxisi qo‘yilgan. Terapiyaga hiqichoqni qochiradigan dorilar qo‘shilgan. Bemorga o‘n kundan so‘ng uyiga javob berilgan.“Pnevmoniya haqiqatdan kamdan-kam vaqtda hiqichoq shaklida namoyon bo‘ladi, ular davolangandan so‘ng yo‘qoladi”, deb yozadi turkiyalik shifokorlar. Doimiy hiqichoq tufayli shifokorlarga borgan ikki erkakning holati ham kuzatilgan. Biriga koronavirus tashxisi qo‘yilgan, ikkinchisi yaqinda tuzalgan, biroq kasallik asoratlari o‘zini noodatiy tarzda namoyon qilgan.Meksikadan yana bir holat. Kasalxonaga 48 yoshli erkak 96 soat davomida to‘xtamagan hiqichoqdan shikoyat qilib kelgan. Boshqa og‘riqli alomatlar bo‘lmagan, shuning uchun u ambulator tarzda davolangan, biroq hiqichoq yo‘qolmagan. Keyin u chuqurroq tekshirilgan va pnevmoniya aniqlangan. “Yallig‘lanish kasalliklari, arterial va vena trombozning tushunarsiz namoyon bo‘lganda COVID-19ni yodda tutish kerak”, deya xulosa qildi tadqiqot mualliflari.Sabablarni izlabHiqichoq - diafragma va qovurg‘alararo mushaklarning bir vaqtning o‘zida qisqarishi tufayli nafas olishning buzilishidir. Odam tez nafas oladi, lekin og‘iz bo‘shlig‘i yopiladi, havo xarakterli "hik" tovushi bilan burmalardan sirg‘alib chiqadi. Bunday reaksiya oshqozon zardasida va qorin shishishida, ko‘p ovqat iste’mol qilganga javob tarzida fiziologik normal jarayon hisoblanadi.Hiqichoq o‘z-o‘zidan keladi va yo‘qoladi. Agar u ikki kun yoki undan ko‘proq davom etsa, bu allaqachon patologiya hisoblanadi. Odam qiynaladi, tanasi charchaydi. “Uch kundan beri hiqichoq tutapti, uxlay olmayapman”, deydi Pikabu tarmog‘i foydalanuvchilaridan biri. Sababini bilish uchun u shifokorga murojaat qilgan. Unda gepatit C aniqlangan.“Hiqichoq: sirlar, xususiyatlar, davolanishi” sharhi mualliflari yozganidek, yoqimsiz refleksning paydo bo‘lishi uchun javobgar bo‘lgan miya jarayonlari hali yaxshi o‘rganilmagan. Ma’lumki, bunda dofamin, gamma-aminobutirik kislota molekulalari ishtirok etadi, shuning uchun ularni bloklaydigan dorilar ba’zida yaxshi ish beradi. Biroq, umuman olganda, hiqichoqni maxsus davolash usuli yo‘q.Kattalar, bolalar - hatto homila ham hiqichoqdan himoya qilinmagan. Olimlarga yuzdan ortiq sabablar ma’lum: kimoviy yallig‘lantiruvchilar, dorilar, yallig‘lanishlar, infeksiyalar, o‘simtalar, shikastlanishlar, yurak muammolari, alkogolizm kabi. Ba’zi hollarda dori-darmonlar kerak bo‘ladi, yana kimlargadir igna sanchish usuli, nafasni ushlab turish va qayd qilish refleksini qo‘zg‘atish, shuningdek, shakar, limon boshqa xalq usullari yordam beradi.Amerikalik olimlar hisob-kitoblariga ko‘ra, AQShda har yili qariyb to‘rt ming kishi hiqichoq tufayli kasalxonalarga yotqiziladi. Ba’zida xurujlar bir oydan ortiq davom etadi. Ayovalik fermer esa rekord o‘rnatgan: uni 69-yilu 9 oy hiqichoq tutgan, ya’ni 1922-yildan 1990-yilgacha. Buning sababi esa, fermerning cho‘chqa ko‘targanidan so‘ng miyasiga qon quyilishi bo‘lgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/1c/18967031_0:0:2389:1792_1920x0_80_0_0_3c87c96280bce306f375c6ecc045666b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
covid-19ning noodatiy alomati ma’lum bo‘ldi
covid-19ning noodatiy alomati ma’lum bo‘ldi
COVID-19ning noodatiy alomati ma’lum bo‘ldi
COVID-19 pandemiyasi rivojlangani sari ilmiy jurnallarda kasallikning noodatiy alomatlari haqida maqolalar chop etilmoqda. Ulardan biri bir necha kun davom etadigan hiqichoqdir. Bu virusli infeksiya bilan qanday bog‘liq – batafsil materialda o‘qing
Tatyana Pichugina. COVID-19 pandemiyasi rivojlangani sari ilmiy jurnallarda kasallikning noodatiy alomatlari haqida maqolalar chop etilmoqda. Ulardan biri bir necha kun davom etadigan hiqichoqdir. Bu virusli infeksiya bilan qanday bog‘liq – batafsil materialda o‘qing
Hiqichoq shifoxonagacha olib kelgan
AQShning Kuk okrugi klinikasiga 62 yoshli erkak 4 kun davom etgan hiqichoqdan shikoyat qilib kelgan. Bundan tashqari, u so‘nggi oylarda juda ko‘p vazn yo‘qotgan. Biroz ko‘tarilgan haroratni hisoblamaganda, boshqa shamollash alomatlari kuzatilmagan. Shifokorlar unda o‘simta bor-yo‘qligini tekshirish maqsadida ko‘krak qafasini rentgendan o‘tkazishgan, ammo o‘pkada o‘simta emas, balki shishasimon shaffoflikni topilgan, bu esa virusli pnevmoniyaning odatiy belgisidir.
Tadqiqotlar bemorda koronavirus borligini ko‘rsatdi. Bemorni tezda tuzatishdi. Shifokorlar ushbu holatni maqolada yozib chiqishdi va koronavirus infeksiyasining hiqichoq kabi alomatining ahamiyatini ta’kidladiladi.
2020 yil noyabr oyida Misrdagi Qohira universiteti olimlari hiqichoq, isitma va tomoq og‘rig‘i bilan kasalxonaga yotqizilgan 48 yoshli erkak haqida xabar berishdi. U bir hafta davomida kasal bo‘lgan. O‘pka kompyuter tomografiyasi va PSR testlariga ko‘ra, unga koronavirus tashxisi qo‘yilgan. Terapiyaga hiqichoqni qochiradigan dorilar qo‘shilgan. Bemorga o‘n kundan so‘ng uyiga javob berilgan.
“Pnevmoniya haqiqatdan kamdan-kam vaqtda hiqichoq shaklida namoyon bo‘ladi, ular davolangandan so‘ng yo‘qoladi”, deb yozadi turkiyalik shifokorlar. Doimiy hiqichoq tufayli shifokorlarga borgan ikki erkakning holati ham kuzatilgan. Biriga koronavirus tashxisi qo‘yilgan, ikkinchisi yaqinda tuzalgan, biroq kasallik asoratlari o‘zini noodatiy tarzda namoyon qilgan.
Meksikadan yana bir holat. Kasalxonaga 48 yoshli erkak 96 soat davomida to‘xtamagan hiqichoqdan shikoyat qilib kelgan. Boshqa og‘riqli alomatlar bo‘lmagan, shuning uchun u ambulator tarzda davolangan, biroq hiqichoq yo‘qolmagan. Keyin u chuqurroq tekshirilgan va pnevmoniya aniqlangan. “Yallig‘lanish kasalliklari, arterial va vena trombozning tushunarsiz namoyon bo‘lganda COVID-19ni yodda tutish kerak”, deya xulosa qildi tadqiqot mualliflari.
Hiqichoq - diafragma va qovurg‘alararo mushaklarning bir vaqtning o‘zida qisqarishi tufayli nafas olishning buzilishidir. Odam tez nafas oladi, lekin og‘iz bo‘shlig‘i yopiladi, havo xarakterli "hik" tovushi bilan burmalardan sirg‘alib chiqadi. Bunday reaksiya oshqozon zardasida va qorin shishishida, ko‘p ovqat iste’mol qilganga javob tarzida fiziologik normal jarayon hisoblanadi.
Hiqichoq o‘z-o‘zidan keladi va yo‘qoladi. Agar u ikki kun yoki undan ko‘proq davom etsa, bu allaqachon patologiya hisoblanadi. Odam qiynaladi, tanasi charchaydi. “Uch kundan beri hiqichoq tutapti, uxlay olmayapman”, deydi Pikabu tarmog‘i foydalanuvchilaridan biri. Sababini bilish uchun u shifokorga murojaat qilgan. Unda gepatit C aniqlangan.
“Hiqichoq: sirlar, xususiyatlar, davolanishi” sharhi mualliflari yozganidek, yoqimsiz refleksning paydo bo‘lishi uchun javobgar bo‘lgan miya jarayonlari hali yaxshi o‘rganilmagan. Ma’lumki, bunda dofamin, gamma-aminobutirik kislota molekulalari ishtirok etadi, shuning uchun ularni bloklaydigan dorilar ba’zida yaxshi ish beradi. Biroq, umuman olganda, hiqichoqni maxsus davolash usuli yo‘q.
Kattalar, bolalar - hatto homila ham hiqichoqdan himoya qilinmagan. Olimlarga yuzdan ortiq sabablar ma’lum: kimoviy yallig‘lantiruvchilar, dorilar, yallig‘lanishlar, infeksiyalar, o‘simtalar, shikastlanishlar, yurak muammolari, alkogolizm kabi. Ba’zi hollarda dori-darmonlar kerak bo‘ladi, yana kimlargadir igna sanchish usuli, nafasni ushlab turish va qayd qilish refleksini qo‘zg‘atish, shuningdek, shakar, limon boshqa xalq usullari yordam beradi.
Amerikalik olimlar hisob-kitoblariga ko‘ra, AQShda har yili qariyb to‘rt ming kishi hiqichoq tufayli kasalxonalarga yotqiziladi. Ba’zida xurujlar bir oydan ortiq davom etadi. Ayovalik fermer esa rekord o‘rnatgan: uni 69-yilu 9 oy hiqichoq tutgan, ya’ni 1922-yildan 1990-yilgacha. Buning sababi esa, fermerning cho‘chqa ko‘targanidan so‘ng miyasiga qon quyilishi bo‘lgan.