https://oz.sputniknews.uz/20220115/toshkentda-12-ta-maxsus-covid-poliklinikalari-ishga-tushdi---ssv-22208413.html
Toshkentda 12 ta maxsus COVID poliklinikalar ishga tushdi - SSV
Toshkentda 12 ta maxsus COVID poliklinikalar ishga tushdi - SSV
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentning har bir tumanida 24-soat ishlaydigan maxsus COVID poliklinikalari ishga tushdi - SSV
2022-01-15T14:54+0500
2022-01-15T14:54+0500
2022-01-15T15:07+0500
jamiyat
toshkent
covid-19 umumjahon pandemiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/16/19778040_0:254:3010:1947_1920x0_80_0_0_20c43834c757c0fe99d71ec75b98c40d.jpg
TOShKENT, 15 yanv - Sputnik. Toshkent shahrida 12 ta maxsus COVID poliklinikalari ishga tushdi, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. Har bir muassasaga shifokorlar bilan bir qatorda, tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining yetakchi mutaxassislari ham jalb qilingan. Maxsus COVID-poliklinikalar manzillari bilan batafsil quyida tanishish mumkin.Bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida ushbu poliklinikalar rentgen, kislorod kondensatorlari, pulsoksimetr, PZR-test, zarur dori-darmonlar, sarflov materiallari, dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan ta’minlangan.Murojaat qilgan bemorlar og‘irlik darajasiga ko‘ra saralanib, ahvoli yengil fuqarolarga uyda davolanishlari uchun zarur tavsiya va koronavirusga qarshi dori-darmonlar bo‘lgan "COVID-box"lar beriladi. Bemorning ahvoli og‘ir bo‘lsa, zudlik bilan maxsus shifoxonaga yuboriladi.Ma’lumot uchun, so‘nggi kunlarda dunyoda koronavirus infeksiyasi avj olishi, ayniqsa Omicron shtammi sababli vaziyat ancha tahlikali bo‘lgani tufayli ko‘plab davlatlar keskin karantin choralarini qo‘llashni boshlagan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/16/19778040_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_4052035d287fb02713613f00956dc08c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent maxsus covid poliklinikalar ssv
toshkent maxsus covid poliklinikalar ssv
Toshkentda 12 ta maxsus COVID poliklinikalar ishga tushdi - SSV
14:54 15.01.2022 (yangilandi: 15:07 15.01.2022) Murojaat qilgan bemorlar og‘irlik darajasiga ko‘ra saralanib, uyda davolanishga yoki maxsus shifoxonaga yuboriladi.
TOShKENT, 15 yanv - Sputnik. Toshkent shahrida 12 ta maxsus COVID poliklinikalari ishga tushdi, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
O‘zbekistonda koronavirusning yangi holatlari eng ko‘p aniqlanayotgan Toshkent shahrining 12 ta tumanida bittadan 24-soat ishlaydigan maxsus COVID poliklinikalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ularning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
koronavirus infeksiyasi avj olishining oldini olish;
koronavirus infeksiyasi aniqlangan, biroq xastalik klinik belgilarsiz yoki yengil shaklda kechayotgan bemorlar salomatligini nazorat qilish;
koronavirusga chalingan bemorlarga ambulator va uyiga borgan holda sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish.
Har bir muassasaga shifokorlar bilan bir qatorda, tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining yetakchi mutaxassislari ham jalb qilingan. Maxsus COVID-poliklinikalar manzillari bilan batafsil
quyida tanishish mumkin.
Bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida ushbu poliklinikalar rentgen, kislorod kondensatorlari, pulsoksimetr, PZR-test, zarur dori-darmonlar, sarflov materiallari, dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan ta’minlangan.
Murojaat qilgan bemorlar og‘irlik darajasiga ko‘ra saralanib, ahvoli yengil fuqarolarga uyda davolanishlari uchun zarur tavsiya va koronavirusga qarshi dori-darmonlar bo‘lgan "COVID-box"lar beriladi. Bemorning ahvoli og‘ir bo‘lsa, zudlik bilan maxsus shifoxonaga yuboriladi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi kunlarda dunyoda koronavirus infeksiyasi avj olishi, ayniqsa Omicron shtammi sababli vaziyat ancha tahlikali bo‘lgani tufayli ko‘plab davlatlar keskin karantin choralarini qo‘llashni boshlagan.