Rossiya tinchlikparvar kuchlari 10ta samolyotda Ivanovoga qaytdi - video

Obuna bo‘lish
Rossiya tinchlikparvar kuchlarining eng so‘nggi samolyot kelib qo‘nganidan so‘ng tantanali tadbir bo‘lib o‘tadi va qo‘shinlar doimiy joylashuv joyiga qaytariladi.
TOShKENT, 15 yanv - Sputnik. Rossiyaning KXShT tinchlikparvar kuchlari tarkibida ishtirok etgan harbiy desant bo‘linmalari 10ta samolyotda Ivanovo viloyatiga qaytdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Mudofaa vazirligi xabariga asosan.
“KXShT tinchlikparvar kuchlari tarkibida ishtirok etgan barcha Rossiya harbiylari Qozog‘istondan 10ta samolyotda Ivanovo viloyatidagi “Severniy” aerodromiga qaytib keldi”, - deyilgan xabarda.
Bundan bir necha soat oldin Rossiya HKKning yana ikki samolyoti Moskva viloyatidai Chkalovskiy aerodromiga qo‘ngan edi.
Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda tinchlikparvar operatsiyasi amalga oshirish uchun, Rossiya harbiy havo kuchlari 15ta Il-76 va 3ta An-124 samolyotlaridan foydalangan edi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, eng so‘nggi samolyot kelib qo‘nganidan so‘ng, bo‘lib o‘tgan operatsiyaga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tadi va tinchlikparvar kuchlar o‘zlarining doimiy joylashuv joyiga qaytariladi.
Vladimir Putin tinchlikparvar kuchlarining Qozog‘istondagi faoliyatini yuqori baholagan edi. “Tez, uyushgan va samarali” deb baho bergan edi Rossiya prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda yangi yil bayramidan so‘ng suyultirilgan gaz narxi oshishiga qarshi ommaviy noroziliklar boshlangan edi. Dastlab mamlakat shimoli g‘arbida boshlangan tinch namoyishlar mamlakat janubida ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketgan edi. Namoyishchilar siyosiy talablar qo‘yish, hukumat binolariga o‘t qo‘yish va magazinlarni talon-taroj qilishni boshlaganidan so‘ng, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev KXShTdan tinchlikparvarlik yordami so‘ragan edi.
Qozog‘istonda, vaziyat iziga tushganidan, qonuniy tartib o‘rnatilganidan so‘ng Toqayev KXShT tinchlikparvar kuchlari qisqa vaqt ichida respublika hududidan olib chiqilishini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0