O‘zbekiston aeroportlarida majburiy ekspress-test joriy etilmoqda

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishEkspress-testi na COVID-19
Ekspress-testi na COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2022
Obuna bo‘lish
"Omikron" shtammi bilan kasallanish holatlari oshishi tufayli O‘zbekiston aeroprtlarida majburiy ekspress-test joriy etilmoqda.
TOShKENT, 15 yanv - Sputnik. O‘zbekiston aeroportlarida koronavirusni aniqlash bo‘yicha majburiy test joriy etilmoqda, deb xabar qildi Uzbekistan Airports.
15 yanvardan boshlab, Davlat bojxona qo‘mitasi va Sanitariya-epidemiologiya farovonligi xizmati bilan birgalikda, O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlari uchib kelish zallarida ekspress-test punktlari tashkil etiladi.

"Maxsus komissiya qarori bilan O‘zbekistonga kelgan barcha yo‘lovchilar aeroportlarda majburiy ekspress-testdan o‘tkaziladi. Test Davlat bojxona qo‘mitasining Markaziy laboratoriyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Buning uchun barcha aeroportlarda maxsus zonalar ajratilgan, tenzobaryerlar o‘rnatilgan, kartalar bo‘yicha to‘lovlarni qabul qilish uchun terminallar, naqd pul olish uchun bankomatlar va valyuta ayirboshlash shoxobchalari mavjud.
Test narxi - 5 AQSh dollari (MB kursi bo‘yicha) miqdorida belgilangan. Talabalar uchun, talaba chiptasi taqdim etilganda, 50% chegirma taqdim etiladi. Birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lganlar testlarni bepul topshirishadi. Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar kovid testini topshirmaydilar.
Test natijasi taxminan 15 daqiqa ichida ma’lum bo‘ladi. Bu vaqt ichida yo‘lovchi yukni olish va bojxona nazoratidan o‘tishi mumkin. Terminaldan chiqib ketayotganda shtrix kod skanerdan o‘tkaziladi va yo‘lovchi koronavirusni aniqlash uchun topshirgan ekspress-test natijasini oladi. Test natijasi ijobiy bo‘lsa, yo‘lovchi izolyatsiyaga jo‘natiladi.
Ma’lumot uchun, ayni damda aviakompaniyalar tomonidan joriy etilgan, PZR testining salbiy natijasi 48 soatdan ortiq bo‘lmagan ma’lumot to‘g‘risidagi qoida hali ham amalda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda "omikron" shtammining aniqlanganligi tufayli, respublika Maxsus komissiyasining 11-yanvarda bo‘lib o‘tgan majlisida mamlakatda karantin choralarini kuchaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi. Talablar orasida O‘zbekistonga kirib kelayotgan yo‘lovchilardan ekspress-test olish talabi ham bor.
Yangiliklar lentasi
0