O‘tgan yilda YaIM 7,4%ga oshdi – prezident

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2022
Obuna bo‘lish
Faol islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish natijasida 2021-yilda O‘zbekiston Yalpi ichki mahsuloti o‘sishi kuzatildi.
TOShKENT, 15 yanv – Sputnik. O‘zbekistond o‘tgan yilda YaIM 7,4 %ga oshdi. Bu haqida prezident huzurida bo‘lib o‘tgan tadbirkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan majlisda aytib o‘tildi.
Majlisda Shavkat Mirziyoyev faol islohotlar, tadbirkorlikni rivojlantirish va mahallabay ishlash boshlangani natijasida, o‘tgan yili yalpi ichki mahsulot 7,4 foizga o‘sganini qayd etdi, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, viloyatlarda 100 mingta yangi tadbirkor ish boshladi. O‘zini o‘zi band qilganlar soni 700 mingga ko‘payib, 1,2 millionga yetdi.
Ma’lumot uchun, ushbu o‘sish miqdori 2015-yildan buyon kuzatilayotan eng yuqori ko‘rsatgich bo‘ldi. Xususan, 2016-yilda YaIM 6,1%, 2017 - 4,5%, 2018 - 5,1%, 2019 - 5,5 %, 2020 - 0,6% o‘sish kuzatilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki kabi tashkilotlar O‘zbekistonda 2021-yilda YaIM o‘sishi 7 % atrofida bo‘lishini bashorat qilishgan edi. Bunga O‘zbekistonning pandemiyani nisbatan yaxshi o‘tkazgani va 2020-yilning ikkinchi yarmidan boshlab iqtisodiy faollikni tiklay olgani sabab qilib ko‘rsatilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0