Bu yil barcha mahallalarda tub o‘zgarishlar bo‘lishi kerak - prezident

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast
Vizit prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2022
Obuna bo‘lish
"2022 yilni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” deb e’lon qildik. Shu bois, bu yil barcha mahallalarda tub o‘zgarishlar yili bo‘lishi kerak", - dedi prezident.
TOShKENT, 15 yanv – Sputnik. Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hududlarda sharoiti og‘ir oilalarga qanday yordam berishi prezident huzurida bo‘lib o‘tgan majlisda batafsil muhokama qilindi.
Xususan, yangi yildan 9 309 nafar hokim yordamchilari ish boshladi va ularga ko‘mak berish uchun vazirliklardan 300 nafar rahbar-xodimlar xizmat safariga yuborildi.
Hokim yordamchilari, ishlash imkoniyati va xohishi bor, lekin sharoiti og‘ir oilalarni o‘qitish va o‘z ishini boshlashi uchun imtiyozli kredit, subsidiya yoki dehqon xo‘jaligi uchun ularga yer maydonlari ajratish masalalari bilan shug‘ullanadi.
Ushbu maqsadlar uchun 2022-yilda 10 trillion so‘m imtiyozli kredit va 2,5 trillion so‘m subsidiya ajratiladi (har bir mahallaga o‘rtacha 1,3 milliard so‘m).
“Hokim yordamchilari – prezidentning mahalladagi vakillari hisoblanadi. Ularning asosiy vazifasi – o‘z mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rni yaratish, kambag‘allikni qisqartirish va oilalar daromadini ko‘paytirishdan iborat.
Buning uchun, ular har qanday burokratiyadan xoli bo‘lishi, hech qaysi hokim yoki rahbar ularni majlislarga chaqirmasligi, turli hisobotlar bilan “ko‘mib tashlamasligi” lozim. Hokimlar ular uchun faqat sharoit yaratib berishi kerak”, - dedi prezident.
Undan tashqari joylarda aholi murojaatlari o‘rganilib, mahallalar qiyofasi va ijtimoiy muhitini yaxshilash bila ham shug‘ulanadi.
Bu ishlarni, avvalo, iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli nisbatan og‘ir bo‘lgan mahallalardan boshlash kerakligi, ulardagi yo‘llarni shag‘allashtirish, simog‘ochlarni almashtirish, ichimlik suvi tarmoqlarini qurish va ta’mirlash lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shuningdek, ushbu hududlarda ijtimoiy muhit, bog‘cha, maktab, shifoxona sharoitlarini yaxshilash, bir so‘z bilan aytganda, odamlarni rozi qilishga ustuvor ahamiyat berish muhimligi qayd etildi.
Yig‘ilishda 6 millionga yaqin doimiy va mavsumiy ish o‘rni yaratish bo‘yicha rejalar ham ko‘rib chiqildi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, o‘tgan yilda “Mahallabay” ishlash tizimi orqali “temir daftar”dagi 583 ming ehtiyojmand oila doimiy daromad bilan ta’minlangan.
Yangiliklar lentasi
0