https://oz.sputniknews.uz/20220114/turkiston-islom-harakati-azosi-ozbekistonga-olib-kelindi-22196789.html
“Turkiston islom harakati”* a’zosi O‘zbekistonga olib kelindi
“Turkiston islom harakati”* a’zosi O‘zbekistonga olib kelindi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston hududida terrorchilik jinoyatlarni sodir etganligi uchun 23-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan “U.S.” xorijda ushlanib, O‘zbekistonga olib kelindi.
2022-01-14T14:27+0500
2022-01-14T14:27+0500
2022-01-14T14:27+0500
hodisalar
o‘zbekiston
terror
terrorchilik uyushmasi
davlat xavfsizlik xizmati (dxx)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/13/20553322_26:0:1276:703_1920x0_80_0_0_e6a71fe843dd57d5c3e52b1ef16d2ac7.jpg
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. O‘zbekiston hududida terrorchilik jinoyatlarni sodir etganligi uchun 23-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan “U.S.” xorijda ushlanib, O‘zbekistonga olib kelindi.1967 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan “U.S.” 1998-yilda Chechenistonda jangovar tayyorgarlikdan o‘tib, 1999-yilning 16-fevral kuni Toshkent shahrida amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlarida ishtirok etadi va o‘sha yilning mart oyida aylanma yo‘llar orqali xorijga chiqib ketadi.Shuningdek, “U.S.” iordaniyalik Amir Xattob tomonidan Chechenistonda tashkil etilgan jangarilarni tayyorlash lagerlariga “Turkiston islom harakati”* xalqaro terrorchilik tashkilotining O‘zbekistondan bo‘lgan a’zolarini jo‘natish bilan ham shug‘ullangan.“U.S.” 2001-yilning noyabr oyida boshqa shaxsning nomiga rasmiylashtirilgan soxta hujjatlar asosida MDHga a’zo davlatlardan birining fuqaroligini olib, o‘sha mamlakat hududida yashirinib yurgan.O‘zbekiston DXXning chet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda olib borgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida “U.S.” hibsga olindi.Hozirda unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/13/20553322_182:0:1119:703_1920x0_80_0_0_b978f20ace4288441a724dfcd79ac254.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turkiston islom harakati a’zosi o‘zbekistonga olib kelindi
turkiston islom harakati a’zosi o‘zbekistonga olib kelindi
“Turkiston islom harakati”* a’zosi O‘zbekistonga olib kelindi
23 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan “Turkiston islom harakati”* a’zosi O‘zbekistonga olib kelindi.
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. O‘zbekiston hududida terrorchilik jinoyatlarni sodir etganligi uchun 23-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan “U.S.” xorijda ushlanib, O‘zbekistonga olib kelindi.
1967 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan “U.S.” 1998-yilda Chechenistonda jangovar tayyorgarlikdan o‘tib, 1999-yilning 16-fevral kuni Toshkent shahrida amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlarida ishtirok etadi va o‘sha yilning mart oyida aylanma yo‘llar orqali xorijga chiqib ketadi.
Shuningdek, “U.S.” iordaniyalik Amir Xattob tomonidan Chechenistonda tashkil etilgan jangarilarni tayyorlash lagerlariga “Turkiston islom harakati”* xalqaro terrorchilik tashkilotining O‘zbekistondan bo‘lgan a’zolarini jo‘natish bilan ham shug‘ullangan.
“U.S.” 2001-yilning noyabr oyida boshqa shaxsning nomiga rasmiylashtirilgan soxta hujjatlar asosida MDHga a’zo davlatlardan birining fuqaroligini olib, o‘sha mamlakat hududida yashirinib yurgan.
O‘zbekiston DXXning chet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda olib borgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida “U.S.” hibsga olindi.
Hozirda unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti