Qozog‘istondagi tartibsizliklar vaqtida 27 yoshli rossiyalik ayol halok bo‘ldi

© Sputnik / Vasiliy Krestyaninov / Mediabankka o‘tishSituatsiya v Alma-Ate
Situatsiya v Alma-Ate - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2022
Obuna bo‘lish
Jambil viloyatida bo‘lgan tartibsizliklar vaqtida 27 yoshli rossiyalik ayol halok bo‘ldi.
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Qozog‘istonning Jambil viloyatida bo‘lgan tartibsizliklar vaqtida 27 yoshli rossiyalik ayol halok bo‘ldi.
Bu haqda Rossiya Federatsiyasi elchixonasi xabar qildi.
6 yanvar kuni Taraz shahrida bo‘lgan tartibsizliklarda rossiyalik ayol M.V.Kim - 3 nafar farzandning onasi halok bo‘ldi. Ayol ishdan uyga ketayotgan paytda banditlar hujumiga uchradi.
Rossiya elchixonasi Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligiga bu jinoyatni batafsil va har tomonlama tergov qilish yuzasidan so‘rovnoma yubordi.
Yangiliklar lentasi
0