https://oz.sputniknews.uz/20220113/rossiya--nato-kengashi-ozaro-yon-berish-yoki-urush-sari-yol-22182408.html
Rossiya – NATO kengashi: o‘zaro yon berish yoki urush sari yo‘l?
Rossiya – NATO kengashi: o‘zaro yon berish yoki urush sari yo‘l?
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning NATO bilan muzokaralari “hamkorlarning” amalda kelishishga qobiliyati yo‘qligini ko‘rsatdi. Ravshanki, G‘arbda Rossiya o‘z fuqarolari xavfsizligini... 13.01.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-01-13T16:04+0500
2022-01-13T16:04+0500
2023-04-05T18:35+0500
kolumnistlar
aqsh
nato
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/0c/22171210_0:165:3349:2048_1920x0_80_0_0_2d1977f639c811cd273eee3c22d83721.jpg
Sharqiy Yevropada NATOning yanada kengayishi, Amerika qo‘shinlari va qurollari bo‘lmasligi (jumladan, raketaga qarshi mudofaa obyektlari), Pentagon mashg‘ulotlar o‘tkazmasligi shart va zarur – bu Moskvaning Qo‘shma Shtatlar va ularning gibrid “vositalari” (NATO va YeHHT) bilan harbiy-siyosiy muloqotdagi asosiy talabi. Rossiya va AQSh o‘rtasidagi Rossiyaning xavfsizli kafolatlari to‘g‘risidagi shartnoma loyihasi ikir-chikirigacha ishlab chiqilgan bo‘lib ko‘rinadi. Qayd etish joizki, bu undan o‘ziga ma’qul narsalarni tanlab olish mumkin bo‘lgan “restoran menyusi” emas. Rossiya shunga o‘xshash majburiyat va kafolatlarni o‘z zimmasiga olishga tayyor.Ammo, aftidan, amerikalar tayyor emaslar. Oq uyning 10-yanvardagi bulleteni “AQSh o‘z joyidan siljimasligi sohalarini” aks ettirgan, ya’ni “Yevropasiz Yevropa haqida hech nima deyilmaydi” va oldinga siljish faqat “keskinlik bo‘lmagan” sharoitlarda bo‘lishi mumkin. Vashington Moskvaning NATOni “1977 yil chegarasigacha” qisqartirish talabini qat’iyan rad etdi. AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Vendi Sherman qurollanish nazorati kabi bundan qiyin masalalar uzoq davom etadigan muzokaralarni talab qiladi.“Iblisona” rejalar: AQSh va NATO qardosh xalqlar orasida urush chiqarmoqchiMo‘ljalni harbiy jihatdan to‘laligicha Vashingtonga tobe bo‘lgan yevropalik ittifoqdoshlar va Ukrainaga qaratish Qo‘shma Shtatlarning taktik manyovri bo‘lib ko‘rinadi. Maqsad – qaror va javobgarliklardan bo‘yin tovlash.Ko‘rinib turibdiki, amerikaliklar Ukrainaga qo‘shimcha qurol yetkazib berish va NATO qo‘shinlarini qaytadan joylashtirish uchun zarur bo‘lgan vaqtni shunchaki cho‘zishmoqda. Eslataman, Vashingtonning 2014 – 2021-yillarda Kiyev rejimiga ko‘rsatgan harbiy yordami 2 milliard dollardan oshgan, 2022-yilda yana 300 million dollar kutilmoqda.Rossiyaga 12-yanvar kuni NATO va 13-yanvar kuni YeXHT bilan oldindan natijasi yo‘qligi ma’lum (amerikaliklar bilan dushanba kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralarni inobatga olib) uchrashuvning nima keragi bor? AQSh va NATOning Rossiya bilan konstruktiv hamkorlik qilish va o‘zaro xavfsizlik kafolati tizimini yaratishdan bosh tortishi bu voqealarning keyingi rivojlanishining javobgarligi (harbiy keskinlik) faqat G‘arb zimmasida bo‘ladi.Begonalarga joy yo‘q: AQSh SSSR qayta tiklanishini payqab qoldiUkraina frontiSalbiy ssenariy vaziyatida NATOning Rossiya bilan jangovar harakatlarining oldingi saflarida Sharqiy Yevropaning ko‘plab mamlakatlari bo‘ladi, lekin zarba berish pozitsiyalariga ega bazoviy, jumladan, Boltiq mamlakatlari, Polsha, Ruminiya ko‘proq jabr ko‘radi. Albatta, milliy xavfsizlik uchun alyans bilan destruktiv hamkorlikka integratsiya qilingan Ukraina va Moldova chetda qoladi.Ilgari Moskva o‘zini qat’iy pozitsiyasini belgilagandi – Ukrainaning NATO bilan hamkorligini yig‘ishtirish, Kiyevning bu blokda a’zolikka qarab qo‘yayotgan harakatlarini to‘xtatish kerak. “Ochiq eshiklar” siyosatini yopmoq zarur – global xavfsizlik uchun. Dnepr - AQSh va NATO qo‘shinlari uchun qiziq chiziq.Ammo Vashington Ukraina yoki boshqa mamlakatlarning NATOga qo‘shishiliga to‘sqinlik qilmoqchi emas. Amerikalik harbiy xizmatchilar Ukraina hududida Harbiy-dengiz kuchlari va havo hujumiga qarshi mudofaalarni mustahkamlash, Ukraina qurolli kuchlari mutaxassislarini o‘qitishda davom etishmoqda, muntazam qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazishmoqda. Boz ustiga AQSh bunga o‘xshash mashg‘ulotlarni kamaytirishga tayyor – o‘zaro kelishgan holda, go‘yoki Rossiya qo‘shinlari Kanada va Meksikada mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.Hamkorlik algoritmlarini tushunish uchun. Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov 12-yanvar kuni Amerika tomonini “o‘zining harbiy salohiyatini Rossiya chegaralaridan ortga tortishga”, mas’uliyat ko‘rsatib, bir tomonlama bo‘la olmaydigan global xavfsizlikni ta’minlashga chaqirdi.Biroz avvalroq AQSh davlat kotibining siyosiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Viktoriya Nuland Finlyandiya va Shvetsiyaga NATOga kirishni (ya’ni Rosssiya Bosh shtabi xaritasida yangi nishon bo‘lishni taklif qildi) taklif qildi. Moskva 30-yildirki Yevropa va dunyodagi harbiy keskinlikni kamaytirishga intilib kelmoqda: o‘z tashabbusi bilan va G‘arb bilan do‘stlik uchun Germaniya birlashishiga imkon berdi, Varshava shartnomasi mamlakatlaridan qo‘shin guruhlarini olib chiqdi hamda NATOga qarshi tuzilgan bu harbiy blokni (1991 yilda) tarqatib yuborish tashabbusini bildirdi. Keyin Rossiya Vyetnam va Kubadagi harbiy bazalarini yopdi.NATO “rus geosiyosiy ekspansiyasiga” qarshi yonma-yon turmoqdaDo‘stlik va yaxshi qo‘shnilik esa bo‘lmaji. Vashington 30-yildan buyon Shimoliy Antantika alyansini sharqqa siljishga va postsovet hududi, jumladan, Ukrainani o‘zlashtirishga o‘ylamay turtkilamoqda. 2014-yilda Kiyevda amerikaparast davlat to‘ntarilishidan keyin NATO “sharqiy qanotda” zudlik bilan munosabat bildiradigan kuchlar sonini uch baravarga oshirdi (40 ming jangchigacha).10 yanvar kuni AQShning NATO huzuridagi doimiy vakili Julianna Smit dediki: “Rossiya, aslida, so‘nggi yigirma yil ichida Yevropa xavfsizligining asosiy tahdidi bo‘lgan”. Sergey Shoygu idorasidan “sanitarlarni” chaqirish fursati yetmadimi?Har ehtimolga qarshi Rossiyaning g‘arbiy haruiy okrugi qo‘shinlari 11-yanvar kuni Voronej, Belgorod, Bransk va Smolensk poligonlarida jangovar shaylikka kirishishdi.AQSh Davlat departamenti tushuntirish talab qildi. Rossiya mamlakat ichida qayerga qo‘shin joylashtirish va mashg‘ulot o‘tkazishni o‘zi hal qilishini aytdi.Putin Ukrainada NATOning raketa tizimlari paydo bo‘lsa nima bo‘lishini aytdiIshontirish va majburlashMilliy xavfsizlik – ustuvor vazifa. Rossiya qurolli kuchlari tez orada Su-57 yangi qiruvchilari, “Yars”, “Avangard” va “Sarmat”lar, Tu-160M strategik raketa tashuvchi, “Borey-A” atom suvosti kemasi loyihasi, mingdan ziyod zamonaviy zirhli tank va artilleriya qurollarini oladi. Qolaversa, “Triumf” S-400 zenit-raketa tizimlari, suvosti qayiqlari va suvusti kemalariga ega bo‘ladi.Yuqori texnologiyali yadroviy davlat “hamkorlarini” ortda qoldirmoqda va 2022-yilda birdaniga beshta “Sarmat” qit’alararo ballistik raketalar va bitta “Avangard” raketa majmuasini ishga tushirishni niyat qilgan.AQSh va Rossiyaning yadroviy urushda g‘olib chiqishning imkoni yo‘qligini va u hech qachon olib borilmasligi kerakligida bir qarorga kelgani umid bag‘ishlaydi. Ammo Rossiya – NATOning keng ko‘lamli harbiy mojarosi vaziyatida oddiy qurollarni qo‘llab ham ko‘p narsalar ro‘y berishi mumkin. Bir paytning o‘zida Yevropa va Shimoliy Amerikada.AQShning 4 ming harbiy instruktori Ukraina harbiylarini tayyorlamoqda - Rossiya TIVVoqealar kelajakda qanday tus olishiga qaramasdan, Davlat departamenti va NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning: “Rossiya bilan hech qanday o‘zaro murosaga kelish mumkin emas” ruhidagi aylov ritorikasi bayonotlari sayyorada tinchlikni mustahkamlashga qaratilgan konstruktiv muzokaralarga ko‘maklashmaydi. 2021-yil avgustida AQSh va NATOning Afg‘onistondan “murosasiz” juftakni rostlab qolganini yodga olamiz.Rossiya bilan alyans kengayishi uchun urush qilishga amerikaliklar texnoligiya jihatdan tayyor emaslar. Agar 10-13 yanvar kunlari AQSh, NATO va YeXHT bilan muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolsa, Rossiyaning harbiy-texnik imkoniyatlari “hamkorlarni” Moskavning takliflariga quloq osishga majbur qiladi. Ular XXI asrda bir necha bor qat’iy harakat qilishini qobiliyati isbotlagan. Rossiyaga qarshi sanksiyalar G‘arbga yordam bermaydi.Kollektiv tahdid: Rossiyaga qo‘shni davlatlar G‘arb zarbasi ostidaRossiya milliy xavfsizligini himoya qilish uchun bir tomonlama harbiy choralar ko‘rish huquqini o‘zida qoldiradi. Shu bois AQSh va NATO maqsadga muvofiq ravishda, Anatoliy Antonov aytganidek, “eng qisqa fursat ichida” xavfsizlikka oid Rossiya takliflarini tushunishlari va qabul qilishlari zarur. NATO va Rossiya o‘rtasida jiddiy qarama-qarshilik mavjud, shunga qaramasdan ular 12-yanvardagi uchrashuv yakunlariga ko‘ra Moskva va Brusseldagi o‘z missiyalarini qayta tiklashmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/0c/22171210_290:0:3021:2048_1920x0_80_0_0_e5116486a9c168d6dc1ae8e2c571d2fa.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
kolumnistlar, aqsh, nato, rossiya
kolumnistlar, aqsh, nato, rossiya
Rossiya – NATO kengashi: o‘zaro yon berish yoki urush sari yo‘l?
16:04 13.01.2022 (yangilandi: 18:35 05.04.2023) Rossiyaning NATO bilan muzokaralari “hamkorlarning” amalda kelishishga qobiliyati yo‘qligini ko‘rsatdi. Ravshanki, G‘arbda Rossiya o‘z fuqarolari xavfsizligini ta’minlashda naqadar jiddiyligini to‘liq anglashmagan.
Sharqiy Yevropada NATOning yanada kengayishi, Amerika qo‘shinlari va qurollari bo‘lmasligi (jumladan, raketaga qarshi mudofaa obyektlari), Pentagon mashg‘ulotlar o‘tkazmasligi shart va zarur – bu Moskvaning Qo‘shma Shtatlar va ularning gibrid “vositalari” (NATO va YeHHT) bilan harbiy-siyosiy muloqotdagi asosiy talabi. Rossiya va AQSh o‘rtasidagi Rossiyaning xavfsizli kafolatlari to‘g‘risidagi shartnoma loyihasi ikir-chikirigacha ishlab chiqilgan bo‘lib ko‘rinadi. Qayd etish joizki, bu undan o‘ziga ma’qul narsalarni tanlab olish mumkin bo‘lgan “restoran menyusi” emas. Rossiya shunga o‘xshash majburiyat va kafolatlarni o‘z zimmasiga olishga tayyor.
Ammo, aftidan, amerikalar tayyor emaslar. Oq uyning 10-yanvardagi bulleteni “AQSh o‘z joyidan siljimasligi sohalarini” aks ettirgan, ya’ni “Yevropasiz Yevropa haqida hech nima deyilmaydi” va oldinga siljish faqat “keskinlik bo‘lmagan” sharoitlarda bo‘lishi mumkin. Vashington Moskvaning NATOni “1977 yil chegarasigacha” qisqartirish talabini qat’iyan rad etdi. AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Vendi Sherman qurollanish nazorati kabi bundan qiyin masalalar uzoq davom etadigan muzokaralarni talab qiladi.
Mo‘ljalni harbiy jihatdan to‘laligicha Vashingtonga tobe bo‘lgan yevropalik ittifoqdoshlar va Ukrainaga qaratish Qo‘shma Shtatlarning taktik manyovri bo‘lib ko‘rinadi. Maqsad – qaror va javobgarliklardan bo‘yin tovlash.
Ko‘rinib turibdiki, amerikaliklar Ukrainaga qo‘shimcha qurol yetkazib berish va NATO qo‘shinlarini qaytadan joylashtirish uchun zarur bo‘lgan vaqtni shunchaki cho‘zishmoqda. Eslataman, Vashingtonning 2014 – 2021-yillarda Kiyev rejimiga ko‘rsatgan harbiy yordami 2 milliard dollardan oshgan, 2022-yilda yana 300 million dollar kutilmoqda.
Rossiyaga 12-yanvar kuni NATO va 13-yanvar kuni YeXHT bilan oldindan natijasi yo‘qligi ma’lum (amerikaliklar bilan dushanba kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralarni inobatga olib) uchrashuvning nima keragi bor? AQSh va NATOning Rossiya bilan konstruktiv hamkorlik qilish va o‘zaro xavfsizlik kafolati tizimini yaratishdan bosh tortishi bu voqealarning keyingi rivojlanishining javobgarligi (harbiy keskinlik) faqat G‘arb zimmasida bo‘ladi.
Salbiy ssenariy vaziyatida NATOning Rossiya bilan jangovar harakatlarining oldingi saflarida Sharqiy Yevropaning ko‘plab mamlakatlari bo‘ladi, lekin zarba berish pozitsiyalariga ega bazoviy, jumladan, Boltiq mamlakatlari, Polsha, Ruminiya ko‘proq jabr ko‘radi. Albatta, milliy xavfsizlik uchun alyans bilan destruktiv hamkorlikka integratsiya qilingan Ukraina va Moldova chetda qoladi.
Ilgari Moskva o‘zini qat’iy pozitsiyasini belgilagandi – Ukrainaning NATO bilan hamkorligini yig‘ishtirish, Kiyevning bu blokda a’zolikka qarab qo‘yayotgan harakatlarini to‘xtatish kerak. “Ochiq eshiklar” siyosatini yopmoq zarur – global xavfsizlik uchun. Dnepr - AQSh va NATO qo‘shinlari uchun qiziq chiziq.
Ammo Vashington Ukraina yoki boshqa mamlakatlarning NATOga qo‘shishiliga to‘sqinlik qilmoqchi emas. Amerikalik harbiy xizmatchilar Ukraina hududida Harbiy-dengiz kuchlari va havo hujumiga qarshi mudofaalarni mustahkamlash, Ukraina qurolli kuchlari mutaxassislarini o‘qitishda davom etishmoqda, muntazam qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazishmoqda. Boz ustiga AQSh bunga o‘xshash mashg‘ulotlarni kamaytirishga tayyor – o‘zaro kelishgan holda, go‘yoki Rossiya qo‘shinlari Kanada va Meksikada mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.
Hamkorlik algoritmlarini tushunish uchun. Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov 12-yanvar kuni Amerika tomonini “o‘zining harbiy salohiyatini Rossiya chegaralaridan ortga tortishga”, mas’uliyat ko‘rsatib, bir tomonlama bo‘la olmaydigan global xavfsizlikni ta’minlashga chaqirdi.
Biroz avvalroq AQSh davlat kotibining siyosiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Viktoriya Nuland Finlyandiya va Shvetsiyaga NATOga kirishni (ya’ni Rosssiya Bosh shtabi xaritasida yangi nishon bo‘lishni taklif qildi) taklif qildi. Moskva 30-yildirki Yevropa va dunyodagi harbiy keskinlikni kamaytirishga intilib kelmoqda: o‘z tashabbusi bilan va G‘arb bilan do‘stlik uchun Germaniya birlashishiga imkon berdi, Varshava shartnomasi mamlakatlaridan qo‘shin guruhlarini olib chiqdi hamda NATOga qarshi tuzilgan bu harbiy blokni (1991 yilda) tarqatib yuborish tashabbusini bildirdi. Keyin Rossiya Vyetnam va Kubadagi harbiy bazalarini yopdi.
Do‘stlik va yaxshi qo‘shnilik esa bo‘lmaji. Vashington 30-yildan buyon Shimoliy Antantika alyansini sharqqa siljishga va postsovet hududi, jumladan, Ukrainani o‘zlashtirishga o‘ylamay turtkilamoqda. 2014-yilda Kiyevda amerikaparast davlat to‘ntarilishidan keyin NATO “sharqiy qanotda” zudlik bilan munosabat bildiradigan kuchlar sonini uch baravarga oshirdi (40 ming jangchigacha).
10 yanvar kuni AQShning NATO huzuridagi doimiy vakili Julianna Smit dediki: “Rossiya, aslida, so‘nggi yigirma yil ichida Yevropa xavfsizligining asosiy tahdidi bo‘lgan”. Sergey Shoygu idorasidan “sanitarlarni” chaqirish fursati yetmadimi?
Har ehtimolga qarshi Rossiyaning g‘arbiy haruiy okrugi qo‘shinlari 11-yanvar kuni Voronej, Belgorod, Bransk va Smolensk poligonlarida jangovar shaylikka kirishishdi.
AQSh Davlat departamenti tushuntirish talab qildi. Rossiya mamlakat ichida qayerga qo‘shin joylashtirish va mashg‘ulot o‘tkazishni o‘zi hal qilishini aytdi.
Ishontirish va majburlash
Milliy xavfsizlik – ustuvor vazifa. Rossiya qurolli kuchlari tez orada Su-57 yangi qiruvchilari, “Yars”, “Avangard” va “Sarmat”lar, Tu-160M strategik raketa tashuvchi, “Borey-A” atom suvosti kemasi loyihasi, mingdan ziyod zamonaviy zirhli tank va artilleriya qurollarini oladi. Qolaversa, “Triumf” S-400 zenit-raketa tizimlari, suvosti qayiqlari va suvusti kemalariga ega bo‘ladi.
Yuqori texnologiyali yadroviy davlat “hamkorlarini” ortda qoldirmoqda va 2022-yilda birdaniga beshta “Sarmat” qit’alararo ballistik raketalar va bitta “Avangard” raketa majmuasini ishga tushirishni niyat qilgan.
AQSh va Rossiyaning yadroviy urushda g‘olib chiqishning imkoni yo‘qligini va u hech qachon olib borilmasligi kerakligida bir qarorga kelgani umid bag‘ishlaydi. Ammo Rossiya – NATOning keng ko‘lamli harbiy mojarosi vaziyatida oddiy qurollarni qo‘llab ham ko‘p narsalar ro‘y berishi mumkin. Bir paytning o‘zida Yevropa va Shimoliy Amerikada.
Voqealar kelajakda qanday tus olishiga qaramasdan, Davlat departamenti va NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning: “Rossiya bilan hech qanday o‘zaro murosaga kelish mumkin emas” ruhidagi aylov ritorikasi bayonotlari sayyorada tinchlikni mustahkamlashga qaratilgan konstruktiv muzokaralarga ko‘maklashmaydi. 2021-yil avgustida AQSh va NATOning Afg‘onistondan “murosasiz” juftakni rostlab qolganini yodga olamiz.
Rossiya bilan alyans kengayishi uchun urush qilishga amerikaliklar texnoligiya jihatdan tayyor emaslar. Agar 10-13 yanvar kunlari AQSh, NATO va YeXHT bilan muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolsa, Rossiyaning harbiy-texnik imkoniyatlari “hamkorlarni” Moskavning takliflariga quloq osishga majbur qiladi. Ular XXI asrda bir necha bor qat’iy harakat qilishini qobiliyati isbotlagan. Rossiyaga qarshi sanksiyalar G‘arbga yordam bermaydi.
Rossiya milliy xavfsizligini himoya qilish uchun bir tomonlama harbiy choralar ko‘rish huquqini o‘zida qoldiradi. Shu bois AQSh va NATO maqsadga muvofiq ravishda, Anatoliy Antonov aytganidek, “eng qisqa fursat ichida” xavfsizlikka oid Rossiya takliflarini tushunishlari va qabul qilishlari zarur. NATO va Rossiya o‘rtasida jiddiy qarama-qarshilik mavjud, shunga qaramasdan ular 12-yanvardagi uchrashuv yakunlariga ko‘ra Moskva va Brusseldagi o‘z missiyalarini qayta tiklashmoqda.