KXShT tinchlikparvar kuchlari Qozog‘istondan chiqib ketishga tayyorlanmoqda - video

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishProdoljayetsya perebroska osnovnix sil rossiyskix mirotvorsev ODKB v Kazaxstan
Prodoljayetsya perebroska osnovnix sil rossiyskix mirotvorsev ODKB v Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2022
Obuna bo‘lish
Tinchlikparvar kuchlarining birinchi guruhi doimiy joylashgan joyiga qaytish maqsadida texnika va moddiy vositalarni Rossiya Havo-kosmik kuchlari samolyotlariga yuklash uchun tayyorlashni boshladi.
TOShKENT, 13 yanv - Sputnik. KXShT kuchlari qo‘riqlanayotgan obyektlarni Qozog‘iston kuch ishlatar tizimlariga topishirishni boshladi. Tinchlikparvar kuchlarining birinchi guruhi mamlakatni tark etishni boshladi, deb xabar qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.
"KXShT tinchlikparvar kuchlari qo‘mondonligi va Qozog‘iston Mudofa vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan rejaga asosan, tinchlikparvar kuchlar tomonidan qo‘riqlanayotgan ijtimoiy muhim obyektlarni Qozog‘iston huquqni saqlash organlariga topshirish boshlandi", - deyilgan xabarda.
Tinchlikparvar kuchlarining birinchi guruhi doimiy joylashgan joyiga qaytish maqsadida texnika va moddiy vositalarni Rossiya Havo-kosmik kuchlari samolyotlariga yuklash uchun tayyorlashni boshladi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, KXShT tinchlikparvar kuchlarini o‘z mamlakatlariga qaytarish Qozog‘iston tomoni bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Qosim-Jomart Toqayev 11-yanvar kuni parlament oldida chiqishida Qozog‘istonda vaziyat barqarorlashganini va KXShT tinchlikparvar kuchlari qisqa vaqt ichida respublika hududidan olib chiqilishini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0