KXShT tinchlikparvar kuchlari obyektlarni Qozog‘iston harbiylariga topshirmoqda – video

Obuna bo‘lish
KXShT tinchlikparvar kuchlari Qozog‘istondagi missiyasini yakunlab, vatanga qaytishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ular qo‘riqlagan ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarni Qozog‘iston huquq-tartibot idoralariga topshirmoqda, shuningdek, olib kelingan texnikalarni harbiy-transport samolyotlariga yuklash uchun tayyorlamoqda.
Qozog‘istonga yordam berish uchun Rossiya, Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston va Tojikistondan jami ikki mingdan ortiq tinchlikparvar askar yetib keldi.
Qozog‘iston prezidentining murojaatidan so‘ng ularni KXShTga jo‘natish qarori qabul qilindi. Qasim-Jomart Toqayev tashkilotga minnatdorchilik bildirib, ko‘rilgan choralar terrorchilarga bas kelishga yordam berganini aytdi.
Yangiliklar lentasi
0